Konditsionerning ijobiy va salbiy tomonlari

Boşqa har qanday texnologiya singari, konditsioner ham özining afzalliklari va kamçiliklariga ega. Sotib olişdan oldin, uni diqqat bilan örganib, barça ijobiy va salbiy tomonlarini tarozida tortiş kerak.

Konditsionerning ijobiy tomonlari

  1. Xonada yoqimli haroratni yuzaga keltiradi
  2. Xonani isitadi
  3. Xavfsiz
  4. Qöşimçasiga havoni namlaydi, filtrlaydi

Konditsionerning salbiy tomonlari

  1. Şamollaş xavfini yuzaga keltiradi
  2. Noxuş hidlarni yöqotmaydi
  3. Xonani şamollatmaydi

Konditsioner haqiqatan ham xonani ventilyatsiya qiliş funksiyasiga ega emas, lekin uni şamollab qolişda ayblamang. Tomoq oğriği va burun oqişi ayyor maşinaning hiylasi emas, balki harorat rejimiga rioya qilmaslik oqibatidir. Quyida buning qanday qilib oldini oliş mumkinligi haqida tavsiyalar beramiz.

1. Konditsioner xonani ventilyatsiya qilmaydi

Konditsioner köp işlatiladigan binolarda karbonat angidrid miqdori keskin oşib ketadi. Çunki, yopiq deraza va eşiklar şaroitida konditsioner xonani şamollatmaydi.

Mijozlar konditsioner köçadagi toza havoni sovitib, içkariga kiritadi va aksinça, xonadagi eskirgan havoni taşqariga çiqarib yuboradi deb öylaşadi. Ammo unday emas.

Konditsioner xonadagi havoni aylantiradi. Uning samarali sovitişi uçun deraza va eşiklarni yopamiz. Xonada nafas olayotganimizda kislorodni yutib, karbonat angidridni çiqaramiz. Agar xona ventilyatsiya qilinmasa, zararli gaz töplanib qoladi.

Agar xonada uzoq vaqt qolsangiz, karbonat angidridning ortiqça miqdoridan yengil boş oğriği, umumiy holsizlik, tez çarçab qoliş va diqqatning pasayişi, keçasi esa uyqu buzilişi bilan boğliq muammolar paydo bölişi mumkin.

Xonani ventilyatsiya qiling. Konditsionerni biroz öçirib qöying va derazalarni oçing.

Ba’zi zamonaviy konditsionerlarda xonani şamollatiş funksiyasi bor, ammo bu yetarli emas. Xonani baribir ventilyatsiya qilişga töğri keladi.