Toşkent, Duşanbe va Bişkek xorijlik mutaxassislar yaşaşi uçun dunyodagi eng arzon şaharlar röyxatidan joy oldi. Ma’lumotlar Cost of Living City Rankinğda keltirilgan.
Hammasi bölib röyxatda 227 ta şahar mavjud bölib, hisoblaş eng qimmatidan eng arzoniga qadar amalga oşiriladi.
Toşkent 221-, Duşanbe 225- va Bişkek 226-örinni egallagan.
Xorijliklar yaşaşi uçun eng qimmat şahar sifatida Hongkong, eng arzoni esa Anqara deb tan olingan.
Yuqori narx böyiça birinçi öntalikka bir vaqtning özida Şveytsariyaning törtta şahri kirdi: Tsyurix, Jyeneva, Bazel va Bern. Top-10 talikka Tel-Aviv, Nyu-York, Singapur, Tokio va Pekin ham kirdi.
Eng arzon şaharlar önligidan, şuningdek, Istanbul, Karaçi, Islomobod, Olmaota (219) joy oldi.
Har yili köçib ötiş uçun eng qimmat va arzon şaharlarning bunday reytingi tuziladi.
2021 yil yagona istisnoga aylandi, öşanda COVID-19 pandemiyasi tufayli tadqiqot ötkazmaslikka qaror qilingan.
Şaharlar 200 dan ortiq tovarlar va xizmatlar, jumladan, uy-joy ijarasi, jamoat transporti, oziq-ovqat, kiyim-keçak va köngiloçar xizmatlar qiymati böyiça baholanadi.












