Ukrainada uruşning 127-kuni. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiyalik harbiylar uruş boşida egallangan Ilon orolini tark etişdi. Ukraina qurolli kuçlari rossiyalik harbiylar raketa va artilleriya zarbalariga doş bera olmasdan evakuatsiya bölganini aytmoqda. Rossiya mudofaa vazirligi orolni taşlab çiqişini «yaxşi niyatdagi harakat» deb izohlagan: göyoki Rossiya Ukrainadan ğalla eksporti amalga oşirilişiga tösqinlik qilmasligini namoyiş etiş uçun.
  • Rossiya mudofaa vazirligi «Azovstal» mudofaasida iştirok etgan harbiy asirlar almaştirilişi bevosita Putinning buyruği bilan amalga oşirilganini ma’lum qildi. Şuningdek, vazirlik ayni vaqtda olti mingdan ortiq ukrain harbiylari rossiyaliklar qölida asirlikda ekanini ma’lum qilgan. Avvalroq Ukraina vitse-premeri Irina Vereşçuk Rossiya asirligida ikki ming atrofidagi ukrain harbiylari qolayotgan bölişi mumkinligini aytgandi.
  • Amnesty International öz suriştiruvlariga asoslangan holda rossiyaliklar yuzlab tinç aholi vakillari yaşiringan Mariupoldagi dramatik teatr binosiga zarba berişini harbiy jinoyat deb topdi.
  • Ukrainada rossiyalik tankçi Mixail Kulikov ustidan sud boşlandi. U boşqa moddalar qatori Çernihivda köp qavatli turar joy binosiga öt oçişda ham ayblanmoqda. Sudda Kulikov aybini töliq tan olgan, unga 8 yildan 12 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi tahdid solmoqda.
  • Ukraina Suriya bilan diplomatik aloqalarni uzdi - bu rasmiy Damaşq «DXR» va «LXR» mustaqilligini tan olişiga javob böldi.

Quyida uruşning 127-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Lisiçansk

Front çiziğidan fotosuratlar keçikib kelmoqda. Lisiçansk yaqinidagi kadrlar The Washington Post muxbiri Haydi Levin tomonidan 26 iyun kuni olingan. Suratlarda — Ukraina havo-desant qismining yaralangan askarlari. Askarlar Verxnekamenskoye qişloğiga kiraverişda Rossiyaning kassetali bombalari zarbalariga uçragan. Sakkiz kişi yaralangan, ikki kişining ahvoli — oğir. Lisiçansk uçun janglar davom etmoqda. 1 iyul kuni Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi Rossiya «asosiy sa’y-harakatlari»ni Lisiçansk hududidagi Ukraina qurolli kuçlarini janub va ğarbdan örab oliş hamda Luhansk oblasti ustidan töliq nazorat örnatişga qaratayotganini xabar qilgan.

Heidi Levine / The Washington Post / Sipa Press / Scanpix / LETA