Zarbalar Belgorod-Dnestrovsk rayoniga, Odessadan 80 km janubda joylaşgan Sergeyevka posyolkasidagi dam oliş maskanlariga berilgan.

Töqqiz qavatli uyda qutqaruvçilar işni yakunlaşgan, ammo dam oliş bazasida işlar davom etmoqda - mahalliy rasmiylar xarobalar orasida yana odamlar qolgan bölişi mumkinligini xabar qilgan.

Ukraina favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmatiga köra, yaralanganlar orasida olti nafar bola va bir homilador ayol bor, xarobalar ostidan sakkiz kişi qutqarib olingan, ularning uç nafari bolalar.  

Qutqaruvçilar ma’lumotiga köra, turar joy binosida 16 kişi halok bölgan, dam oliş maskani hududi xarobalari ostidan tört jasad çiqqan, ulardan biri 11 yoşli bola bölgan. 38 kişi yaralangan.

Ukraina qurolli kuçlarining «Janub» operativ qömondonligi xabar qilişiça, ötgan tunda Odessa oblastiga Rossiyaning Tu-22 bombardimonçi samolyotlari tomonidan uçta raketa uçirilgan.

«Tunda Odessa oblastining Belgorod-Dnestrovsk rayoniga Tu-22 strategik aviatsiya samolyotlari orqali Qora dengiz havo hududidan turib uçta X-22 raketasi uçirilişi oqibatida köp qavatli uy va ikkita dam oliş maskani nişonga olingan», deyiladi xabarda.

Kreml Odessaga zarbalar haqida: «RF qurolli kuçlari fuqarolik nişonlari böyiça işlamaydi»

Kremldagilar yana bir bor Rossiya armiyasi fuqarolik obektlarini nişonga olmasligini aytib çiqdi.

«Men sizga yana bir bor prezident va RF boş qömondonining Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlari maxsus amaliyot davomida fuqarolik nişonlari va fuqarolik infratuzilmalari böyiça işlamasligi haqidagi sözlarini eslatmoqçiman», degan Kreml rasmiysi Dmitriy Peskov.

Ukraina hukumati Odessa oblastining jumaga ötar keçasi hujumga uçragan hududi harbiy infratuzilmalarga aloqador bölmaganini ta’kidlamoqda.

Xalqaro taşkilotlarning köplab guvohliklariga qaramay, Rossiya amaldorlari Rossiya armiyasi zarbalari natijasida tinç aholining köplab vakillari jabr körayotganini inkor etib kelmoqda. Dalillar bölsa ham, Kremldagilar bunday xabarlarni «feyk va provokatsiyalar» deb atamoqda.

Odessa yaqinidagi Sergeyevka posyolkasidagi dam oliş maskani binosiga ham rossiyaliklar raketasi kelib tuşgan