20 sotix maydondagi 250 örinli “Yurtim bolajonlari” nodavlat boğçasi 2017 yilda qurib bitkazilgan. Keyinçalik yana 20 sotix yer maydoni ajratilib, boğça faoliyati kengaytirilgan. Öşanda boğça hududida madaniyat va ma’rifat xonasi sifatida foydalaniş uçun 14 metrlik suhbattom (“besedka”) qurilgan. 3 yil davomida tarbiyalanuvçilar bu ayvonçadan foydalanib kelgan.

Tadbirkor Ziyoda Haydarovaning aytişiça, tuman hokimi Hikmatulla Latipov ayvonçani vaqtinça foydalaniş va qaytarib beriş şarti bilan olib ketgan.

“Besedka”mni olib ketişganiga ikki yil böldi. Hozirgaça şuni qaytarib ololmayapman. Köp joylarga, hokim örinbosarlari, hokimga bir neça marotaba murojaat qildim. Tuman hokimi kelib viloyat hokimi örinbosari Botirjon Hamrayev aytdi, deya “besedka”ni söragan va men unga işonib berganman. Viloyat hokimiga ham murojaat qildim. Baribir natija bölmadi.

“Besedka”ning qayerdaligini bilmayman. Katta maşinada olib ketişgandi. Içidagi pardalargaça olib ketişgan”, – deydi tadbirkor.

Kun.uz muxbiri holat yuzasidan tuman hokimi Hikmatulla Latipovdan izoh oldi. Hokim dastlab “besedka”ni tadbirkor emas, viloyatdan kelib uni olib ketganlar qurganini ta’kidladi. Kim bilandir telefon orqali gaplaşgaç esa, uni özi olganini va örniga boşqa qurib berişini aytdi.

Kun.uz muxbirining “besedka” nima sababdan olib ketilgani va qaytarib berilmayotgani, topşiriqni kim bergani hamda ayni paytda u qayerda ekani haqidagi savollariga hokim javob berişni xohlamadi.

“Besedka”ni tuman hokimligi olgan. Men örniga yangisini qurib beraman. Qurilişi tez orada boşlanadi. Olib ketilgan “besedka” yaroqsiz holatga kelib qolgan. Özim qurib beraman”, – dedi Hikmatulla Latipov.

Hokimlikning tadbirkor mulkini bu tarzda aldab olib ketişi “zamonaviy qaroqçilik”ka öxşaydi göyo.

Abduvali Qurbonov,
Kun.uz muxbiri
Foto – Azizbek Ismoilov