Joriy yilning 30 iyun kuni soat 11:02 da Mirzo Uluğbek tumani Buyuk Ipak Yöli köçasidan harakatlanib borayotgan «2-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi 24-sonli «Mercedes-Bens» rusumli avtobusda tutun hosil bölgan.

«Toşşahartransxizmat» xabariga köra, uşbu avtobus 2013 yil işlab çiqarilgan bölib, tasarruf boşidan buyon 905 397 km masofani bosib ötgan.

Dastlabki ma’lumotga köra, avtobusning dvigatel yoğini ötkazuvçi şlang yorilib qizib turgan kollektorga moy tomişi oqibatida tutaş (tutun) hosil bölgan. Avtobusda yonğin kelib çiqmagan. 

Hozirda «Toşşahartransxizmat»ning işlab çiqariş texnik bölimi xodimlari tomonidan xizmat tekşiruvi olib borilmoqda. Hodisa oqibatida avtobus va yölovçilarga zarar yetmagan.

Ta’kidlanişiça, «2-Avtobus saroyi» filiali mutasaddi xodimlari tomonidan avtobus ta’mirlanib, joriy yilning 1 iyul kunidan yönalişga çiqarilgan.