Kun.uz haj ibodati, uning hikmatlari, hojilarga beriladigan savoblar, Haj qilişdagi niyat hamda uşbu uluğ ziyoratga doir xalqimizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid imom-noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan suhbat uyuştirdi.

— Hozir Hajga ketayotgan ziyoratçilarni yöl-yöriq körsatib olib boradigan ellikboşilar bor. Bularning mas’uliyati qanday böladi?

— Ularning mas’uliyati özlarining guruhlaridagi mömin-musulmonlarga ularning amallari tugal-barkamol bölişi uçun kerakli barça xizmatlarni taqdim qilişlari, öz ilm va tajribalari bilan xizmat körsatişlari lozim. Ziyoratçilarni Umra qildiriş, Haj amallarida zikrlarni örgatib turiş, savollarga javob beriş va eng asosiysi, samimiy xayrixoh bölişi kerak. Rasululloh alayhissalom «Har biringlar rahbarsizlar va qöl-ostingizdagilarga mas’ulsizlar», – deganlar.

Hajga boradigan kişilarga tavsiya şuki, avvalo Hajga borişdan oldin maqsadni aniq qilib oliş kerak. U yerga qozon kötarib borib, ovqat qilib yurişadi. Bu ziyoratçini asosiy maqsaddan çalğitadi. Şuningdek, u yerda savdo qiliş mumkin, lekin asosiy amalga aylanmasligi kerak.

Ikkinçi muhim narsa, Hajga borganda bağirni keng qiliş kerak. Borganda köpçilik kişilarimizda safarga çidamsizlik körinadi. Betoqatlikdan hammani bezovta qilaveradi. Hajda birov sizga qöpollik qilsa ham, unga yaxşi muomala bilan javob qaytariş kerak.

Bir kuni Madinai Munavvarada namoz öqiyotgandim. Tugatib, örnimdan turib, orqamdagi odamning boşini ezib oldim. Namozdan keyin undan uzr söramoqçi bölsam, u men tomonga yaqin kelib sajda qilgani uçun uzr sörab ketdi. Hajda ana şunday axloqda bölişimiz lozim.

Töliq suhbat bilan yuqoridagi videoda tanişiş mumkin.

Farrux Absattarov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi Abduqodir Tölqinov.

Videolavha va maqoladagi diniy matnlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaning tegişli ekspertiza xulosalari asosida tayyorlangan.