«Hurmatli Şavkat Miromonoviç, şunday qiyin vaqtda kelganingiz uçun ming rahmat. Yomon işlar bölib ketdi, bizning bolalarimiz emas, çetdan kelganlar ta’siri bilan şunday böldi. Biz qoraqalpoq xalqining nuroniylari sizdan keçirimli bölişingizni söraymiz, qaytib bunday bölmaydi.

Bolalarimizni yiğib, yuriş-turişini nazorat qilamiz. Xalqni siylayapsiz, bu uçun sizga rahmat. Mana, kelyapsiz, öşa moddalar özgarmasligini aytdingiz. Xalq qarşi emas, hammasini tuşunib turibmiz», deydi fuqaro.