Konstitutsion islohotlardagi kutilmagan oğriqli nuqtaga aylanib qolgan Qoraqalpoğiston masalasi yeçimi turliça bölgani holda eng muhim şartlar özgarmas qolişi lozim edi – bu ham bölsa davlatning hududiy yaxlitligi muhokama qilinmasligi, özbeklar va qoraqalpoqlar aslan bir xalqning ikki qanoti ekani hamda azaliy birdamlik davom etişi.
Afsuski, bu masalani özgaça tuşungan, provokatsiyaga uçgan, tinçlik qadrini unutib qöygan bir guruh odamlarning köçalarda töplanib vaziyatni qaltis nuqtaga yetakladi. Ma’lumki, özini hurmat qilgan har qanday davlat ayirmaçilik ruhidagi çiqişlarga çidaşi mumkin, ammo buning ortidan kelib çiqadigan tartibsizliklarga yöl qöya olmaydi, fuqarolar xavfsizligi va hududiy yaxlitlikni söroq ostida qoldirmaydi.
Köça tartibsizliklari davom etişi bilan vaziyat butun mamlakat miqyosidagi jiddiy masalalarda sönggi nuqtani qöyuvçi şaxs – Özbekiston prezidentining bevosita aralaşuvini talab qila boşladi.
Şavkat Mirziyoyev pragmatik siyosatçi ekanini yana bir marta körsatgan holda, muhim va qat’iy qadamni qöya oldi. Nukusga, voqealar markaziga borib, barça masalalarni birma-bir muhokama qildi va aniq yeçimni örtaga taşladi: Konstitutsiyaning Qoraqalpoğistonga oid moddalari özgarişsiz qoldiriladi.

Davlat rahbarining aholiga murojaati quyidagiça jarangladi:
“Aziz vatandoşlar!
Hurmatli Qoraqalpoğiston xalqi!
Ma’lumki, şu kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça umumxalq muhokamasi davom etmoqda.
Albatta, konstitutsiyaviy islohotlarimiz Vatanimizning bugungi va kelajak hayoti uçun ğoyat muhim ahamiyatga ega bölgan masaladir.
Muhokamalarda köpmillatli xalqimiz özining köplab taklif va tavsiyalarini bildirmoqda.
Şuni alohida ta’kidlaş kerakki, “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi e’lon qilingan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasidan ötkaziladi. Şundan söng fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar asosida Qonunçilik palatasi tomonidan takomiliga yetkaziladi.
Keyin esa mazkur loyiha Özbekiston Respublikasi referendumiga qöyilib, fuqarolarimiz erkin ovoz beriş orqali özlarining bu masala böyiça xohiş-irodasini ifoda etadi.













