3 iyulga ötar keçasi Belgorod şahri markazida röy bergan davomli portlaşlar oqibatida uç kişi halok bölib, tört kişi yaralangan, şuningdek, önlab turar joy binolari şikastlangan.

Yakşanbaga ötar keçasi OAVda Belgoroddagi portlaşlar va uning oqibatlari aks etgan videokadrlar tarqaldi, videolarda havo hujumidan mudofaa tizimlari faoliyati izlarini ham köriş mumkin. Region gubernatori qurbonlar va vayrongarçiliklar haqida xabar bergan, ammo bu holat qanday röy berganiga aniqlik kiritilmagan.

Belgorod oblasti rahbari Vyaçeslav Gladkovning sözlariga köra, şaharda mahalliy vaqt bilan soat 3:00 atrofida «kuçli ovozlar seriyasi» röy bergan. Keyinroq u kamida uç kişi halok bölib, tört kişi yaralangani haqida xabar berdi - yaradorlar orasida oğir ahvoldagi katta yoşli kişi va 10 yoşli bola ham bor.

Gladkovning ma’lum qilişiça, jami 11 ta köp qavatli uy va 30 dan ortiq xususiy uylar şikastlangan, beşta xususiy uy vayron bölgan. Uylar nima sababdan vayron bölganiga aniqlik kiritmagan.

Gladkov jabrlanganlarga barça yordam körsatilişini aytgan.

Baza telegram-kanalining yozişiça, Mayakovskiy köçasidagi uylardan birini tozalaş çoğida yana ikki kişining jasadi topilgan. Hozirça bu ma’lumot rasman tasdiqlanmadi.

Kursk oblasti gubernatori Roman Starovoyt tunda Kurskka tomon harakatlangan ukrainlarning ikkita «Strij» rusumli uçuvçisiz uçiş qurilmalari havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali urib tuşirilganini xabar qildi. Uning sözlariga köra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq.

«Afsuski, Belgorodda vaziyat boşqaça. Duşman hujumi oqibatida tinç aholi orasida halok bölganlar va yaralanganlar bor, tinç fuqarolarning uylari vayron bölgan», deya qöşimça qilgan u.

Rossiyalik senator Andrey Klişas Belgoroddagi hodisada Ukraina tomonidan «eng qat’iy, jumladan harbiy javob»ni talab etadigan «tajovuz akti» sodir etilganini aytib çiqdi.

Ukraina hukumati hozirça bu ayblovga munosabat bildirmadi.