Şavkat Mirziyoyev 3 iyul kuni Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesida deputatlar, faxriy va faollar bilan ötkazgan uçraşuvda sönggi yillarda Qoraqalpoğistonni rivojlantiriş uçun qilingan işlar haqida gapirdi.

«Hurmatli deputatlar va Qoraqalpoğiston ahli!

Ma’lumki, keyingi yillarda biz sizlar bilan birgalikda Qoraqalpoğistonni ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va innovatsion jihatdan har tomonlama rivojlantiriş böyiça keng kölamdagi bunyodkorlik işlarini amalga oşirdik. Ularning amaliy natijalarini uşbu diyorda yaşayotgan har bir inson bugun öz hayotida his etmoqda. 

Oxirgi beş yilda hududning mahalliy budjetiga qariyb 11 trillion söm mablağ yönaltirildi. Aholini ijtimoiy jihatdan himoya qiliş böyiça muhim dasturlar izçil amalga oşirilmoqda.

Kambağallikni qisqartiriş böyiça katta işlar olib borilmoqda. Jumladan, «temir daftar»ga kiritilgan 
65 mingga yaqin oilaga, 16 yoşgaça bolalikdan nogiron a’zosi bölgan hamda boquvçisini yöqotgan 17 ming oilaga moddiy yordam körsatildi. 

Birgina 2020 yil yakuni böyiça Qoraqalpoğistonda aholi jon boşiga töğri keladigan yalpi daromad 3 barobarga oşdi.

Sönggi beş yilda quriliş işlari hajmi 3,5 marta ösdi. Önlab yangi işlab çiqariş quvvatlari, zamonaviy agroklasterlar, qöşma korxonalar işga tuşirildi. Respublikada minglab yangi obektlar barpo etildi, rekonstruksiya qilindi va ta’mirlandi. Jumladan, köplab bolalar boğçalari, umumta’lim va ixtisoslaşgan maktablar, oliygohlar, soğliqni saqlaş, ilm-fan, madaniyat va sport maskanlari foydalanişga topşirildi. 

Boğça yoşidagi bolalarni maktabgaça ta’lim bilan qamrab oliş darajasi 2017 yildagi 32 foizdan 75 foizga yetdi. 

«Obod qişloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasida ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantiriş, aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz, içimlik suvi bilan ta’minlaş, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari holatini yaxşilaş böyiça keng miqyosdagi işlar amalga oşirilmoqda. 

Orolböyi mintaqasining ekologik tizimini himoya qiliş va tiklaş, hududni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça ham faol iş olib borilmoqda. Xususan, bir paytlar noçor ahvolga tuşib qolgan Möynoq bugun butunlay yangiça qiyofa kasb etib, jadal rivojlanib borayotgan zamonaviy tumanlardan biriga aylandi», deyiladi xabarda.