Prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesida deputatlar, faxriy va faollar bilan uçraşuv ötkazmoqda. Davlatimiz rahbari vatandoşlarimiz va Jöqorği Kenges deputatlariga murojaat qildi.

Prezident ayrim ğarazli kuçlar konstitutsiyaviy islohotlarga norozilik bahonasida tajovuzkorlik va zöravonlik yölini tanlab, Özbekistondagi vaziyatni beqarorlaştiriş va izdan çiqarişga urinayotganini qayd etdi. 

«Bugun men Vatanimizning taqdiri va kelajagiga, qutluğ zaminimizdagi tinçlik va barqarorlikka befarq bölmagan barça insonlarga murojaat qilmoqçiman. 

Qoraqalpoğiston Respublikasida sodir etilgan taşvişli voqealarni har birimiz, barça Özbekiston fuqarolari yuragimizda çuqur dard va iztirob bilan qabul qilmoqdamiz. 

Ma’lumki, şu kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça umumxalq muhokamasi davom etmoqda.

Konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantiriş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaş, «inson qadri uçun» degan ezgu ğoyani amalda qaror toptirişga qaratilgandir. 

Fuqarolarning öz fikri va xohiş-irodasini demokratik prinsiplar va huquqiy normalar asosida erkin bildiriş böyiça yaratilgan şart-şaroitlarga qaramasdan, ayrim ğarazli kuçlar konstitutsiyaviy islohotlarga norozilik bahonasida tajovuzkorlik va zöravonlik yölini tanlab, Özbekistondagi vaziyatni beqaror etiş va izdan çiqarişga urinmoqda. 

Soxta axborotlarni tarqatişning sinalgan texnologiyalaridan, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan foydalangan holda, buzğunçi kuçlar aniq maqsadni közlab, fuqarolarni Konstitutsiyaga xilof faoliyatga jalb etmoqda.

Ularning asosiy maqsadi jamiyatni parokanda qiliş, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan bunyodkorlik siyosatiga bölgan işonçni susaytiriş, Özbekistonning hududiy yaxlitligiga putur yetkazişdan iborat», dedi Prezident.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 1-2 iyul kunlari Nukus şahridagi tartibsizliklar tafsilotlariga töxtalgan.

«Ilgari xabar qilinganidek, bir guruh şaxslar 2022 yil 1 iyul kuni Nukus şahrida soxta şiorlarni öziga niqob qilib olgan holda, fuqarolarning işonçiga kirib, ularning fikrini çalğitib, hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga böysunmasdan, tartibsizliklar keltirib çiqardi, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarini egallab olişga urindi.