Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining törtinçi maslahat uçraşuvi 21 iyul kuni Qirğizistonda bölib ötişi rejalaştirilgan. Bu haqda Özbekiston va Qirğiziston prezidentlarining 4 iyul kungi telefonlaşuvi yuzasidan rasmiy Bişkek tarqatgan xabarda ma’lum qilindi.

21 iyuldagi uçraşuv Issiqköl böyida, Çölponota şahrida bölib ötişi kutilmoqda.

Şavkat Mirziyoyev 4 iyulda Sadir Japarovdan taşqari, Qozoğiston va Tojikiston prezidentlari bilan ham telefonlaşdi hamda mazkur muloqotlarda Qoraqalpoğistondagi vaziyat bilan birga, navbatdagi maslahat uçraşuvi haqida ham söz bordi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining an’anaviy maslahat uçraşuvini doimiy ötkazib boriş taklifini 2017 yilda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMT Boş assambleyasidagi ma’ruzasida ilgari surgan edi.

Birinçi sammit 2018 yil mart oyida Qozoğiston poytaxti Nur-Sultonda, ikkinçisi 2019 yil noyabrida Toşkentda, uçinçisi 2021 yil avgustida Turkmanistondagi “Avaza” sayyohlik maskanida bölib ötdi.

Ötgan yili oxirida Şavkat Mirziyoyev qozoq naşriga bergan intervyusida Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi siyosiy muloqot “uçinçi davlatlar manfaatlariga qarşi qaratilmagani”ni aytgandi.