Norvegiyada bir neçta neft va gaz qazib oluvçi korxonalar xodimlari oylik maoşlari kamligidan norozi bölib iş taşlaş e’lon qildi. Xabar qilinişiça, Gudrun, Oseberg Süd va Oseberg Ost konlarida iş töxtatilgan, ularga yana törtta kon işçilari qöşilişi mumkin.
Norvegiyaning Equinor energetika kompaniyasi hisob-kitobiga köra, agarda iş taşlaş boşqa konlarga ham yoyiladigan bölsa, mamlakatda gaz qazib oliş hajmi 25, neft qazib oliş hajmi 15 foizga qisqarişi mumkin.
Işçilarning asosiy talabi – oylik maoşlarni inflatsiya darajasiga muvofiq ravişda oşiriş.
Norvegiya neft işlab çiqariş böyiça Yevropada Rossiyadan keyin ikkinçi örinda turadi.












