Bu xabar şunçaki navbatdagi miş-miş sifatida qolişi uçun futbolçi joriy hafta boşidan Karringtonga kelişi va jamoa maşğulotlarida qatnaşişni boşlaşi kifoya edi. Ammo Ronalduning «oilaviy sabablar» tufayli Portugaliyada qolayotgani va ikkinçi kundirki, maşğulotlarga qöşilmayotgani vaziyat tamomila jiddiy ekanini körsatmoqda.

Iyun oyi oxirida ham Ronaldu özini «Bavariya»ga taklif qilib körgani, uning agenti Mendeş «Çelsi» va «Barselona» rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Xöş, Ronaldu nega ketmoqçi?

Angliyaning maşhur The Athletic naşri ham uşbu masala yuzasidan şu kungaça çiqqan işonçli ma’lumotlar asosida vaziyatni tahlil qilişga urinib kördi. Xöş, Ronaldu nega ketmoqçi?

Hammasi tuşunarli. Şubhasiz, Ronaldu «Mançester Yunayted»ni yaxşi köradi, klub bilan boğliq yorqin xotiralarga ega. Ammo agar ikkinçi yil ham jamoada qoladigan bölsa, Çempionlar Ligasida töp sura olmaydi. Agar u qolsa öz faoliyatida ilk bor YeÇLda öynamasligiga töğri keladi. Kriştianu şu paytgaça 5 marta uşbu turnirda ğolib çiqqan va bu borada Yevropadagi eng yaxşi körsatkiçga ega edi. Ammo «Real»dagi bir qator sobiq jamoadoşlari ham beşinçi marta sovrindor bölgaç, tabiiyki, 37 yoşli futbolçi yana bir bor uşbu kubokni boşi uzra kötarişni, heç bölmasa, kuraşişni istaydi.

Yaqin yillarda öz faoliyatini yakunlaydigan Ronaldu imkon qadar köproq sovrinlarni yutişni istaydi, «Yunayted» esa, ötgan mavsumda biror turnirda ğalaba uçun jiddiy kuraş olib bora olmadi. Erik ten Hagning Mançesterga kelişi futbolçida ijobiy kayfiyat va işonç uyğotgani şubhasiz, ammo klub transfer bozorida faol emasligi va bir qator maqsadlar hali ham rasman hal etilmagani uning fikrini özgartirib yuborgani aytilmoqda.

«Mançester Siti» Holand bilan, «Liverpul» esa Nunez bilan rasman şartnoma qilib ulgurdi. «Tottenhem» bu yoz öta faol va Kontening barça istaklari bajo keltirilmoqda. Şusiz ham raqobatçilardan ança ortda poygani boşlaydigan «Mançester Yunayted» bir qator top-futbolçilarga muhtoj ekanini Ronaldu aytib kelmoqda. Klub Frenki de Yong borasida bir oydan beri siljişga erişa olmayapti. APLdagi raqiblar yanada kuçayayotgan, Çempionlar Ligasi esa, kamida bir yilga keçikkan palla özini dunyoning eng yaxşi futbolçisi deb hisoblaydigan Ronaldu uçun jozibador körinmayapti.

Klub Ronalduni sotişni istaydimi?

Yöq. «Yunayted»ning Ronaldu böyiça qarori – u sotilmaydi. Şartnoma böyiça yana bir yil öynaşi kerak. Yangi murabbiy Erik ten Hag Ronaldu bilan işlaş niyatida ekanini aytgan va öz navbatida Ronalduning özi ham niderlandiyalik murabbiy haqida iliq fikrlar bildirgan.