Televideniyedagi şou boşlovçiligidan siyosatçiga aylanganidan keyin ötgan 10 yil davomida Isroil boş vaziri bölişni orzu qilgan Yair Lapid nihoyat özi istagan lavozimni vaqtinça bölsa-da egalladi. U mamlakatdagi eng yuqori lavozimni uzoq vaqt davomida egallaşga munosib ekanini isbotlaşni istamoqda, lekin bu oson iş emas. Axir Isroilda oxirgi uç yilda beşinçi marta parlament saylovlari ötkaziladi.
Öz vaqtida havaskor boksçi ham bölgan janob Lapid hukumat tepasida qoliş uçun konservator Binyamin Netanyahuning «zarbalariga ham doş berişi» kerak böladi. Ötgan yil boş vazirlikni topşirişga majbur bölgan Netanyahu bu lavozimni mamlakat tarixida eng köp vaqt davomida egallagan siyosatçi hisoblanadi. Ammo Lapid ham Netanyahu uçun jiddiy raqib hisoblanadi. Sobiq boş vazir 2021 yil aynan Lapidning sa’y-harakatlari bilan birlaşgan 8 ta partiyalar alyansiga imkoniyatni boy bergandi.
Isroil taşqi işlar vaziri lavozimida işlagan Yair Lapid oxirgi bir yilda mamlakat boş vaziri bölgan Naftali Bennet bilan kelişilgan hukumat taqsimoti kelişuvi doirasida vaqtinça boş vazir böladi. Sobiq jurnalist bu lavozimni ötiş davrida, ya’ni oktyabr yoki noyabrdagi saylovlar ötkazilib, yangi hukumat taşkil etilgunga qadar egallab turadi. Agar koalitsiya tuziş imkoni bölmasa, undan keyin ham boş vazir bölib qolişi istisno etilmaydi.
«Biz bir neça oydan keyin saylovga borsak ham duç kelayotganimiz muammo kutib turmaydi», dedi Lapid Naftali Bennet bilan birgalikda tuzgan koalitsiyasi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilar ekan. Koalitsiyadagi içki nizolar parlamentdagi köpçilik mavqesi boy berilişiga olib keldi.
Isroil siyosatida ön yillardan buyon faol bölib keladigan Lapid mamlakatdagi asosiy muammolarini sanar ekan, avvalo hayot tarzining qimmat ekanini keltirdi. Şuningdek, Ğazo sektoridagi xavfsizlikka tahdid, Livan va Erondan böladigan xatarlarni ham ta’kidladi.

Lapid hukumatda bölgan vaqtida Isroilni demokratik bölmagan davlatga aylantirişni istayotganlarga qarşi kuraşişini ham aytdi.
Siyosatçi uşbu gapi bilan ayni damda ham korrupsiya ayblovi böyiça sud işi obekti bölib turgan sobiq boş vazir Binyamin Netanyahuga işora qildi.
Katta siyosatga yöl
Yair Lapid 1963 yil Tel-Avivda tuğilgan. Uning onasi yozuvçi bölgan, holokostdan omon çiqqan otasi esa jurnalist bölib işlagan, keyinçalik siyosatga ötib sekulyarizm tarafdori sifatida tanilgan.














