Ukrainadagi uruşning 132-kuni. Sönggi ma’lumotlar

  • RF mudofaa vaziri Sergey Şoygu prezident Vladimir Putinga Lisiçansk ustidan töliq nazorat örnatilgani hamda «LXR» hududi töliq «ozod etilgani» töğrisida hisobot berdi. Putin Luhansk oblastiga hujumni boşqargan general-mayor Asadulla Abaçev va general-polkovnik Aleksandr Lapinni Rossiya Qahramoni unvoni bilan taqdirladi.
  • Luhansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gayday ukrain qöşini Lisiçanskni qurşovga tuşmaslik uçun tark etgani va şahardan yöqotişlarsiz çiqişga muvaffaq bölgani, endi esa Donetsk oblastidagi janglarga tayyorgarlik körayotganini ma’lum qildi. Lisiçanskda 10 mingga yaqin tinç aholi vakillari qolgan. Uruşga qadar şahar aholisi - 100 ming kişi atrofida edi. 
  • Britaniya harbiy razvedkasi xabar berişiça, Rossiya kamida ikki qöşin örtasida samarali muvofiqlaştirişga erişgan (ulardan biri, general Lapin qömondonligidagi Markaziy okrug bölişi mumkin), Lisiçanskning egallanişi esa RF armiyasi butun Luhansk oblastini nazorat qiliş imkonini beradi. 
  • Ilon orolida yana Ukraina bayroği hilpiray boşladi. Uşbu orol 30 iyun kuni rossiyalik harbiylar tomonidan taşlab ketilgandi, hozirda mazkur hudud yana Ukraina yurisdiksiyasiga qaytgan.
  • Ukraina razvedkasi boş boşqarmasi rahbari Kirill Budanov Rossiya işğol etilgan Xerson va Zaporijjya oblastlarida 11 sentabr kuni «referendumlar» ötkazişga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
  • FXX (FSB) Rossiya fuqarolarini ukrain xayriya fondlariga pul ötkazişdan tiyiliş haqida ogohlantirdi. Idora bunday harakat davlatga xiyonat sifatida baholanişini ma’lum qilgan.
  • Şveytsariyada uruşdan keyin Ukrainani tiklaş masalasiga bağişlangan xalqaro konferensiya bölib ötdi. Bu iş uçun 750 mlrd dollar ajratiş közda tutilgan. Şu bilan birga Şveytsariya prezidenti Ukrainadan korrupsiyani bartaraf etişni söradi.
  • Belgorodda 3 iyul kungi zarbalar oqibatida halok bölganlar soni 5 kişiga yetdi. Tan olinmagan «DXR» hukumati Donetskdagi temiryöl vokzaliga berilgan zarba oqibatida tinç aholi vakillaridan uç kişi halok bölib, 31 kişi yaralanganini ma’lum qilgan.

Quyida 4 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Dnipropetrovşina oblasti

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Dnipropetrovşina oblasti aholisi: fermer dalasida raketa zarbasidan ulkan öra hosil bölgan. Uşbu dala maydoni şiddatli janglar keçayotgan front çiziğidan 10 kilometr masofada joylaşgan. Iyun oyi oxirida RF mudofaa vazirligi ukrainlarning «Dnepropetrovskdagi operativ-strategik guruhining boşqaruv punkti» yöq qilingani haqida ma’lumot bergandi. Iyul oyi boşida ham oblast hududiga zarbalar davom etdi.