Filmning ikkinçi epizodida tomoşabin diqqati milliarder Ilon Maskka tegişli SpaceX va Tesla kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan özbekistonliklarga qaratiladi. Qahramonlardan biri - Toşkent Aviatsiya instituti bitiruvçisi. U yaratgan kompaniya SpaceX kiçik kosmik uskunalarni işga tuşiriş dasturi doirasidagi parvozlarda iştirok etadi. Ikkinçi qahramon - Tesla'ning Germaniyadagi ofisida işlayotgan yagona özbekistonlik qiz.

 Zamonaviy ösib kelayotgan avlod uçun öz kasb faoliyatida yuqori çöqqilarni zabt etgan mamlakatimiz fuqarolari çin ma’noda örnak böla oladi.

Şu yilning bahorida siz “Özbekistonlik” filmi qahramonlarining hikoyalarini körişga muvaffaq bölgan edingiz. 2022 yil martida Özbekiston telekanallari va internetda katta muvaffaqiyat bilan “Özbekistonlik” filmi premerasi ötkazildi. AQŞda özlarining sohalari böyiça muvaffaqiyatga erişgan 4 nafar yurtdoşimiz haqidagi film OAV, blogerlar va fikr yetakçilari tomonidan ijobiy baholandi.   

Film mualliflari jamoasi «Uzbekistan’s Club» xalqaro platformasini yaratiş orqali film qahramonlari salohiyatini kelajakda ham rivojlantirişga qaror qildi. Uning vazifasi – butun dunyo böylab eng iqtidorli özbekistonliklarni birlaştiriş, mamlakatimizning ilğor vakillari yutuqlarini ommalaştiriş va zamonaviy hamda intellektual millat imijini yaratişdan iborat. Bugun jamoa tomoşabinlarga “Özbekistonlik” filmining yevropa epizodi tizerini namoyiş etdi.  

 Film premerasi Berlinda taşkil etiladigan maxsus keng qamrovli «New Uzbekistan» forumida namoyiş etiladi. Tadbir doirasida Özbekiston imiji jahon hamjamiyati uçun yangi qiyofada aks ettiriladi.  

Ijodiy jamoa sözlariga köra, film ğoyasi Alişer Sa’dullayevga tegişli. Birinçi epizod kabi, ikkinçi epizod rejissyori ham Muxlisa Azizova böldi. Loyiha Yoşlar işlari agentligi, Özbekiston turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Özbekistonning Germaniyadagi elçixonasi kömagida qöllab-quvvatlangan.    

Boş hamkor - Orient Group.

«Uzbekistan’s Club» rasmiy taşuvçisi - «Uzbekistan Airways» milliy aviakompaniyasi. Loyiha hamkorlari – MY5 telekanali, Asialuxe Travel turoperatori.

 Uzbekistan’s club matbuot xizmatiⓉ