Şri-Lanka boş vaziri Ranil Vikremesingxe iste’foga çiqişini ma’lum qildi.
"Hukumat öz işini davom ettirişini hamda barça fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida partiya yetakçilarining tavsiyasini qabul qilaman. Boş vazir lavozimidan iste’foga çiqaman", - deb yozdi Vikremesingxe Twitter akkauntida.
Kolomboda 9 iyul, şanba kuni Şri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksadan öz lavozimini tark etişni talab qilgan bir guruh namoyişçilar uning qarorgohiga bostirib kirdi. Reuters xabariga köra, minglab namoyişçilar politsiya barrikadalarini buzib ötgan, ularning bir qismi binoga kirgan.
Prezident evakuatsiya qilingan va OAV xabar qilişiça, Şri-Lankani tark etgan bölişi mumkin.
Şri-Lanka iqtisodiy inqiroz holatida bölib turibdi. Hukumat oziq-ovqat, yonilği va dori-darmonlar kabi muhim import tovarlarni moliyalaştira olmayapti. Mamlakat taşqi qarzi 51 milliard dollarni taşkil etadi.












