Sovetlar yaşirgan halokat: Boyqönğirda qit’alararo ballistik raketa nega portlab ketgandi?
|19:34 / 10.07.202241 27210 min
1960 yilda Boyqönğir kosmodromida R-16 qit’alararo ballistik raketasi sinov parvoziga sanoqli minutlar qolganda portlab ketadi. Oqibatda, 100 dan oşiq odam halok böladi. Uşbu hodisa sovetlar tomonidan qariyb 30 yil ommadan yaşiriladi va SSSR parçalanib ketişi arafasida oşkor qilinadi.
Foto: TASSFoto: TASS
Dunyoda turli qurollar va uzoq masofalarga uça oladigan raketalar sinovlarida köplab muvaffaqiyatsizliklar sodir bölgan. Ular orasida 1960 yilda Boyqönğir kosmodromida portlab ketgan R-16 qit’alararo ballistik raketasi halokati ham bor.
Aksariyat muvaffaqiyatsiz amalga oşgan sinovlarda texnik muammolar tufayli raketalar belgilangan manzilga yetib bormasdan boşqa joylarga tuşgan. Yoki havoga kötarilganda portlab ketgan. Boyqönğirda sodir bölgan hodisada raketa hali parvoz qilmasdan, startga yarim soat qolganda portlab ketgan. Oqibatda 100 dan oşiq odam halok bölgan hamda yana köplab insonlar tan jarohatlari olgan.
Qurollaniş poygasi
Ikkinçi jahon uruşigaça dunyoning katta qismi Buyuk Britaniya qöl ostida mustamlaka edi va bu davlat gegemon sanalardi. Uruşdan keyin geosiyosiy vaziyat keskin özgaradi. Gitler Germaniyasini yengişda asosiy rol öynagan SSSR va Yaponiyani yenggan AQŞ dunyo gegemonligi uçun raqobat qila boşlaydi.
Bu ikki davlat orasidagi raqobat ayniqsa yangi turdagi turli qurol-yaroğlar, harbiy texnikalarni işlab çiqarişda va kosmosni özlaştirişda avj oladi.
1950-yillarda geosiyosiy vaziyat böyiça ustunlik AQŞda edi. Ğarbiy Yevropadagi aksar davlatlarda, Turkiyada, Yaponiya va Janubiy Koreyada Amerikaning harbiy bazalari bölib, ularda köp miqdorda harbiy texnikalar hamda askarlar joylaştirilgandi.
SSSR esa bu masalada maqtana olmas, Ğarbiy yarimşarda Kubadan boşqa ittifoqçisi yöq edi. Öşa paytda Kubada hali sovet raketalari joylaştirilmagan, keyinçalik 1962 yilda bunga uriniş ham muvaffaqiyatsizlikka uçraydi.
Ana şunday şaroitda sovetlar SSSRdan uçirilganda AQŞ hududiga yetib boradigan, uzoq masofalarga uça oluvçi qit’alararo ballistik raketalarning sinovini ötkaza boşlaşadi. 1960 yil Boyqönğir kosmodromida muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan sinov ham ana öşalardan biri edi.
Foto: utro.ru
Hodisa tafsilotlari
1960 yil 24 oktyabr kuni Boyqönğir kosmodromida R-16 qit’alararo ballistik raketaning sinov parvozi amalga oşirilişi kerak edi. Öşa kuni raketaning ayrim qismlarida nosozlik yuzaga kelgani aniqlanadi.
Ammo Moskvaga parvoz vaqti haqida hisobot berilgan, uni ortga surişning iloji yöq edi. Şu sababli texnik xodimlarga zudlik bilan nosozliklarni bartaraf etiş topşiriği beriladi. Parvozga bir soat qolganda ham texnik xodimlar nosozliklarni bartaraf etiş ustida işlayotgan edi.
Mavzuga oid
Öşa kuni soat 18:45 da 30 minutlik sönggi tayyorgarlik e’lon qilinadi. Texnik xodimlar bu paytda raketaning quvvat taqsimlaş uskunalarini sozlayotgandi. Şu paytda siklogramma orqali ötayotgan quvvat manbai uzilmagani uçun raketa parvoz qilgandan söng ikkinçi bosqiçda işga tuşişi lozim bölgan dvigatel işlab ketadi.
Dvigateldan çiqqan olov parvozning birinçi bosqiçida raketani samoga olib çiqilişi lozim bölgan oksidlovçi modda solingan idişlar va yoqilği baklarining portlaşiga sabab böladi.
Portlaş tufayli yuzaga kelgan olovli tölqin va raketa dvigatelidan çiqayotgan kuçli olov atrofdagi barça qurilmalarni va unda sozlaş işlarini olib borayotgan odamlarning olov içida qolib ketişiga sabab böladi.
Foto: topwar.ru
Raketa portlaganda odamlarning bir qismi öşa zahoti halok böladi. Boşqalar esa ustki kiyimlari yonayotgan holda har tomonga qarab qoça boşlaydi. Kuçli olovni jilovlaşning mutlaqo iloji yöq edi. Ikki soatda raketa, uning atrofidagi qurilmalar va qoçişga ulgurmagan odamlarning barçasi yonib ketadi.
Talafotlar
Olov tafti pasaygandan söng qutqaruv işlari boşlanadi. Ammo parvoz maydonçasi va unga tutaş hududlarda qutqaradigan heç kim va heç narsa qolmagandi.
Keyinçalik, hodisa oqibatida 126 nafar odam halok bölgani, yana köplab odamlar turli darajada kuyiş jarohatlarini olgani ma’lum böladi. Halok bölganlarning jasadlari kuçli olov tufayli yonib ketgani uçun ular bedarak yöqolganlar röyxatiga qöşiladi.
Halok bölganlar orasida oddiy texnik xodimlardan taşqari yuqori lavozimli harbiy injyenerlar va yana bir qator taniqli konstruktorlar bor edi.
Jumladan, SSSR Raketa qöşinlari boş qömondoni, artilleriya marşali M.Nedelin, SSSR Ministrlar soveti qoşidagi mudofaa texnikalari böyiça qömita boşliği L.Grişin, Boyqönğir poligoni boşliği örinbosari va yana köplab harbiy konstruktorlar halok böladi.
Hodisa sodir bölgandan sanoqli soatlar ötib, Kremlga, SSSR rahbari Nikita Xruşevga telefonogramma jönatiladi.
Unda, 24 oktyabr kuni soat 18:45 da startga yarim soat qolganda parvoz maydonçasida yoqilği bakining portlaşi oqibatida yonğin sodir bölgani, hodisa joyiga zudlik bilan tajribali tez tibbiy yordam bölinmalarini jönatiş söralgandi.
24 oktyabrdan 25 oktyabrga ötar tunda Boyqönğirga Moskva, Leningrad va Rostov şaharlaridan malakali şifokorlar guruhlari yetib keladi. Ular kuçli olov va azot kislotasi tufayli kuyiş jarohatini olganlarni muolaja qila boşlaşadi.
Oğir ahvolda bölgan 14 kişini teri köçiriş operatsiyalarini amalga oşiriş uçun zudlik bilan Moskvaga jönatib yuborişadi.
Hodisa yuzasidan suriştiruvlar
Halokat sodir bölganidan bir kun ötib Boyqönğirga SSSR oliy soveti prezidiumi raisi Leonid Brejnev (keyinçalik SSSO rahbari bölgan) boşçiligidagi maxsus komissiya keladi. Komissiya tarkibida SSSR mudofaa vaziri örinbosari Dmitriy Ustinov, ministrlar soveti qoşidagi mudofaa texnikalari qömitasi raisi, Radioelektronika qömitasi raisi va yana boşqa köplab yuqori lavozimli şaxslar bor edi.
Boyqönğirda ötkazilgan ilk yiğilişida Brejnev hodisa yuzasidan heç kim jazolanmasligini aytadi. Oradan bir neça kun ötib maxsus komissiya hodisa yuzasidan öz xulosalarini e’lon qiladi. Unda halokatga texnika xavfsizligi qoidalarining qöpol tarzda buzilişi sabab bölgani aytiladi.
Jumladan:
Sinov parvozidan bir kun avval parvozning ikkinçi bosqiçida işlatilişi lozim bölgan yoqilği baklarini ajratib turuvçi yupqa tösiqlarning (membrana) yorilişi;
Texnik xodimlar parvoz belgilangan vaqtga ulguriş uçun raketa bortidagi ampula batareyasining muddatidan oldin ulangani; (Körsatmalarga köra, bortdagi ampulali batareyalar barça tekşiruvlardan söng, töğridan töğri işga tuşiriş jarayonida ulanişi kerak edi)
Parvozdan yarim soat oldin boşqaruv tizimlarining dasturiy mexanizmlarini, xususan, quvvat taqsimlaş uskunalarini sozlaşda xatolikka yöl qöyilgani halokatga sabab bölgan deb topiladi.
Keyingi sinovlar
Hodisadan bir neça kun ötib, Ukrainadagi zavodga ikkinçi raketani zudlik bilan tayyorlab jönatiş talabi qöyiladi. 1960 yil 28 dekabr kuni zavod ikkinçi raketani poyezd bilan jönatib yuboradi.
1961 yil 2 fevral kuni Boyqönğirdagi parvoz maydonçasidan ikkinçi raketa uçiriladi va parvoz muvaffaqiyatli amalga oşiriladi.
Foto: russian7.ru
Ikkinçi sinov parvozi vaqtida:
Xavfsizlik çoralari kuçaytiriladi;
Avtomatik yonğinni öçiriş tizimi joriy etiladi;
Qölda bajariladigan işlar soni minimal darajada kamaytiriladi;
Raketani uçirişdan oldin tayyorgarlik köriş va uçiriş tartibi özgartiriladi;
Bir qator operatsiyalarni birlaştiriş va kengaytiriş hisobiga parvoz maydonçasidagi operatorlar va nazoratçilar soni qisqartiriladi.
Raketaga yoqilği quyiş boşlanişi bilan maxsus rejim örnatiladi. Parvozga tayyorgarlik körayotgan barça xodimlar yonğinga çidamli maxsus kiyim kiyişadi.
Körilgan çora-tadbirlar natijasida yoqilği quyiş vaqtida va undan keyin parvozdan oldin raketa atrofida yigirma nafar atrofida odam qoldiriladi.
Parvozga yarim soat qolganda raketa atrofida barça odamlar parvoz maydonçasidan uzoqroqqa olib ketiladi.
Ikkinçi raketaning yuqori qismi Kamçatka örniga Krasnoyarsk ölkasiga tuşgan bölsa-da, parvoz muvaffaqiyatli ötdi deb xulosa qilinadi.
1961 yil 3 mart kuni uçinçi raketaning sinov parvozi ötkaziladi va u muvaffaqiyatsiz çiqadi. Ammo bu safar xavfsizlik çoralari körilgani uçun heç kim halok bölmaydi va jarohatlanmaydi.
Şundan söng R-16raketasini yanada mukammal körinişga keltiriş ustida işlanadi. Faqat 1962 yil avgust oyidan boşlab uşbu raketa normal uça boşlaydi. 1962 yil 20 oktyabrda hukumat qarori bilan R-16 qit’alararo ballistik raketasi foydalanişga topşiriladi. 1965 yilga kelib R-16 raketalariga atom bombalari örnatilib, 186 ta öt oçiş qurilmalariga joylaştiriladi.
Hodisaning yaşirilişi
Öşa paytda xalqaro maydonda AQŞ bilan har tomonlama raqobat olib borayotganda sovetlar Boyqönğirda sodir bölgan halokatni ommadan yaşirişadi.
1960 yil 26 oktyabr kuni Izvestiya gazetasida ta’ziya bildirilgan kiçik xabar e’lon qilinadi.
Unda, öz xizmat vazifasini bajarayotib aviahalokat tufayli halok bölgan Strategik ahamiyatdagi raketa qöşinlari qömondoni, Artilleriya boş marşali M.Nedelinning oila a’zolariga KPSS markaziy qömitasi va SSSR ministrlar soveti nomidan ta’ziya bildirilgandi.
Hodisada halok bölgan boşqalar haqida heç qayerda xabar berilmaydi. Halok bölganlarning jasadlari SSSRning turli şaharlarida dafn etiladi.
Garçi, hodisa SSSRda ommadan yaşirilgan bölsa-da, xorij ommaviy axborot vositalari u haqda xabar topişadi va e’lon qilişadi.
Jumladan, Italiyaning Continentale axborot agentligi, Buyuk Britaniyaning The Guardian naşri SSSRda qit’alararo ballistik raketa sinov parvozi vaqtida portlab ketgani va bir qança yuqori lavozimli harbiylar bilan birga yuz nafardan oşiq odam halok bölgani haqida xabar tarqatişadi.
SSSRda ilk bor, oradan 29 yil ötib, 1989 yilda hodisa haqida Ogonyok jurnalida oçerk e’lon qilinadi va şu tariqa odamlar 1960 yilda sodir bölgan halokat haqida xabar topişadi.