Özbekistonning bojxona çegara postlaridagi navbatlar muammosi ançadan beri haydovçilarni qiynab keladi. Asosan boşqa mamlakatlarga yuk taşiydigan haydovçilar 10 kun yölda yursa, 5 kun çegara postida kutiş bilan umr ötkazadi.
Toşkent şahridan unça uzoq bölmagan joyda “Mayskiy” nomi bilan taniş “S.Najimov” çegara bojxona posti joylaşgan. Mazkur Özbekiston–Qozoğiston çegara posti orqali kuniga yuzlab har xil turdagi iste’mol mahsulotlari boşqa mamlakatlarga eksport maqsadida olib ötiladi.
Uzoq yillardan buyon yeçimini topmay kelayotgan muammo bor – yuk maşinalari haydovçilari çegarani kesib ötişda sutkalab vaqt yöqotmoqdalar.
Kun.uz muxbiri çegara hududda böldi va u yerda 150 dan ortiq yuk maşinasi navbat kutib turganiga guvoh böldi.
Xöş, nima uçun haligaça bunga yeçim topilmagan? Bojxonalardagi navbat va tirbandlikning “davosi” qanday? Kun.uz muxbiri şu savollarga javob topiş maqsadida bojxona çegara postiga borib holatni örgandi.
Postdagi avtoturargoh nazoratçisi Qanoatbek Anvarbekovning ta’kidlaşiça, postga kuniga 100 ta yuk maşinasi kelib, navbatga turadi:
“Skoroportlar [tez aynuvçi mahsulotlar – tahr.]ning özi 2 sutkaga qolib ketyapti. Çegara bojxona posti kuniga 70 ta yuk maşinasini “torta” olmayapti. Misol uçun, bugun yaxşi ötdi, 2 kunda faqat “skoroport”ning özi ötmoqda. Qolganlari esa navbatini kutib ötiraveradi. Navbatda turgan transport vositalarining soni 300 tagaça ham çiqib ketyapti”.
Holat böyiça haydovçilar e’tirozlarni bildirişdi. Aytişlariça navbatda sutkalab qolib ketiş boşqa muammolarni ham keltirib çiqarmoqda.
— Kelganimizga bir sutka böldi, navbatimiz qaçon kelişini bilmaymiz. Vaqtdan yutqazyapmiz. Bir kun bu yerdan ötsak, kelişda yana 3 kun sarflaymiz. Hali postlardan çiqib, Rossiyaga kiriş ham bor. Boşqa davlat haydovçilarini körib, havas qilamiz. Ular bizning mamlakatga kelsa, “Nega bunday uslubda işlaysizlar?”, deya söraşadi. 30 yil haydovçilik qilgan bölsam, bunday holatda işlamagandim. Oiladan çiqib ketamiz, 10 kun yölga ketadigan vaqtimiz 15 kun bölib ketyapti”, – deydi haydovçilardan biri.
Haydovçilarning aytişiça, navbat muammosi faqatgina bu postda emas, boşqalarida ham kuzatiladi. Bir neça kunlab tirbandliklarda qolib ketiş esa xarajatlarning köpayişiga olib keladi, yuk taşuvçilar ularni öz yonidan qoplaydi.











