Germaniya mudofaa vaziri Kristine Lambrext NATO şarqiy qanotidagi keskin vaziyat fonida ştablar, qismlar va bölinmalarning jangovar tayyorgarligini aniqlaş maqsadida bundesverda tekşiruv ötkazmoqda.

11 iyul, duşanba kuni Dpa agentligi xabar berganidek, Lambrext Şimoliy Atlantika alyansidagi ittifoqçilar bilan hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan, Munsterdagi (Quyi Saksoniya federal hududi) bundesver öquv markaziga taşrif buyuradi. Dpa tomonidan aniqlik kiritilişiça, u yerda aloqalarni şifrlaş va ma’lumotlarni avtomatlaştirilgan uzatiş böyiça ilğor tizimlar ustida iş olib boriladi. 

Mahalliy vaqt bilan soat taxminan 13:00 da (Toşkent vaqti bilan 16:00) Mudofaa vazirligi rahbari Kolbits-Letslinger (Saksoniya-Anxalt hududi) poligonidagi jangovar tayyorgarlik markaziga taşrif buyurişi rejalaştirilgan. U yerda Kristin Lambrext bundesverning Malidagi tinçlikparvar missiyasida iştirok etişga tayyorlanayotgan harbiy xizmatçilar bilan suhbatlaşadi. 

Şu haftaning oxiriga qadar Lyuneburg va Oldenburg (Quyi Saksoniya) hududlaridagi obektlarni tekşiriş ham rejalaştirilgan. Tekşiruv 24 avgust kuni Meklenburg - old Pomeraniya hududida yakunlanadi.

NATO Boş kotibi Yyens Stoltenberg avvalroq NATO NRF tezkor javob qaytariş kuçlari sonini 40 mingdan 300 ming askarga oşirişini aytgandi. 

28-30 iyun kunlari Madridda bölib ötgan NATO sammiti çoğida sovuq uruş davridan beri kuçlarning eng yirik harbiy joylaşuvi böyiça qaror qabul qilindi. Xususan, Germaniya Litvada 3000-5000 askardan iborat jangovar brigadaga boşçilik qiladi.