BMT Xavfsizlik kengaşining barça 15 a’zosi Turkiya bilan çegara orqali Suriyaga transçegaraviy gumanitar yordam (TGYo) mexanizmini yana olti oyga uzaytirişga kelişib oldi, deb xabar qildi AFP 11 iyul, duşanba kuni.
Davlatlar Turkiyadan Suriyaning Idlibiga olib boruvçi «Bob al-Hava» nazorat punkti faoliyatini uzaytirişga kelişib oldi. 8 iyul kuni bölib ötgan Xavfsizlik kengaşining sönggi yiğilişida Rossiya nazorat-ötkaziş punkti faoliyatini bir yilga uzaytiriş böyiça taklif qilingan rezolyutsiyani qöllab-quvvatlamadi va uni olti oy bilan çeklaşni taklif qildi. Rossiya tomonidan rad etilgan taklif olti oydan söng - 2023 yil 10 yanvardan keyin nazorat-ötkaziş punkti avtomatik ravişda yana olti oyga uzaytirilişini nazarda tutgan. Rossiya ikkinçi qismga rozi bölmadi va olti oy içida tegişli rezolyutsiyani qabul qilişni talab qildi.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili birinçi örinbosari Dmitriy Polyanskiyning sözlariga köra, hozir Xavfsizlik kengaşi «aslida Rossiya loyihasini qabul qildi». «Bizning loyihamiz aslida kiçik özgartirişlar bilan olindi. Qarorning olti oy va plyus olti oy davomida qabul qilinişi bilan», - deya Polyanskiyning sözlarini keltiradi «Kommersant».
Avvalgi rezolyutsiya, Moskvaga köra, Damaşq manfaatlariga javob bermagan. Transçegaraviy insonparvarlik yordami mexanizmi BMT Xavfsizlik kengaşi tomonidan 2014 yilda, Suriyaning katta qismi rasmiy Damaşq nazorati ostida bölmaganida kelişilgan edi.
2020 yilgaça Turkiya, Iroq va Iordaniya bilan çegaralarda törtta çegara posti işlagan. Suriya armiyasi mamlakat hududi ustidan nazorat örnatar ekan, Rossiya veto huquqidan foydalanib, uçta nazorat-ötkaziş punktini yopişga erişdi.












