Yordamçi DXXning Andijon viloyat boşqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda, protsessual tartibda uşlangan.

Holat yuzasidan şu kuni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Bu turdagi jinoyat uçun 50 BHM (15 mln söm) jarimadan 5 yil ozodlikdan mahrum qilişgaça bölgan jazo beriladi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ma’lumotiga köra, 2021 yilda Andijon viloyatida pora oliş bilan boğliq 8 ta jinoyat qayd etilgan; bu – hududlar orasida Toşkent şahri va viloyati hamda Jizzax viloyatidan keyingi törtinçi körsatkiç.

Ötgan yili Özbekistonda qayd etilgan 91 ta pora oliş jinoyatidan 26 tasi (28,5 foiz) huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan. Aksilkorrupsiya agentligi keltirgan statistikada organlar kesimi böyiça (sud, prokuratura va boşqalar) raqamlar oçiqlanmagan.

2021 yil noyabrida Andijon viloyati prokuraturasi xodimi 15 ming dollar pora bilan uşlangan edi.