Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST bolalar orasida noma’lum turdagi gepatit tarqalishi avj olganini ma’lum qildi
Kasallik aniqlangan 5 apreldan buyon 35 mamlakatda noma’lum turdagi gepatit yuqtirish bilan bog‘liq 1010ta holat qayd etilgan.
Foto: Getty Images
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bolalar o‘rtasida noma’lum turdagi gepatit avj olganini ma’lum qildi.
8 iyul holatiga ko‘ra, 22 nafar bola kasallik oqibatida vafot etgan. Kasallik aniqlangan 5 apreldan buyon 35 mamlakatda noma’lum turdagi gepatit yuqtirish bilan bog‘liq 1010ta holat qayd etilgan.
Kasallikning kelib chiqish sababi hozircha noma’lum. Qator holatlarda bemorlarda SARS-CoV-2 koronavirusi ham aniqlangan, ammo hozircha bu kasalliklar orasida bog‘liqlik aniqlanmagan.
Yosh bolalarda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatit kasalligi birinchi marta aprel oyida Buyuk Britaniyada qayd etilgan va o‘sha paytda o‘nta holat kuzatilgan.
Mavzuga oid
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026
Dunyo yangi global pandemiya ostonasida turibdi – JSST va GPMB
18:48 / 16.05.2026
Hantavirusning tarqalishi jiddiy emas va tez orada barham topishi kerak – JSST
18:50 / 08.05.2026