AQŞda iste’mol narxlarining ösiş dinamikasi keskin kuçaydi. Iyun oyining oxirida ular yillik hisobda 9,1 foizga kötarildi, bu 1981 yil dekabridan beri eng katta ösişdir. 13 iyul, çorşanba kuni e’lon qilingan AQŞ Federal mehnat statistikasi byurosi (BLS) ma’lumotlari şundan dalolat beradi.
Inflatsiyaning keskin ösişi, birinçi navbatda, energiya narxining kötarilişi bilan boğliq bölib, u 8,8 foizdan oşmasligini kutgan mutaxassislar prognozidan ham yuqorilab ketdi. May oyi yakunlari böyiça iste’mol narxlarining ösiş sur’ati yillik körsatkiçda 8,6 foizni, aprel oyi yakunlari böyiça esa 8,3 foizni taşkil etdi.
«Energetika narxlari indeksi ötgan yil davomida 41,6 foizga, benzin narxlari indeksi 59,6 foizga ösdi. Bu 1980 yil mart oyida tugagan davrdan beri bir yil içida eng katta ösişdir», - deyiladi BLS xabarida.
Iyun oyi örtalarida Federal zaxira tizimi (FZT) inflatsiyaga qarşi kuraşiş maqsadida 1994 yildan beri birinçi marta bazaviy foiz stavkasini birdaniga 75 bazaviy punktga, ya’ni 1,5-1,75 foizgaça oşirdi. Taxminlarga köra, iyul oyi oxiridagi yiğilişda FZT pul-kredit siyosatini qat’iylaştirişni davom ettiradi va stavka yana 50-75 foiz punktga oşiriladi.












