«Birjalarda gaz narxi ayrim hollarda yetti baravarga oşdi. Bularning barçasi iste’molçilarga darhol va töliq yetib bormaydi, biroq qaysidir vaqtda buning uçun pul tölaş kerak böladi», - deya ogohlantirdi BNetzA rahbari Germaniya aholisini.
Germaniyada iste’molçilar uçun gaz narxi uç baravar oşişi mumkin, deya ma’lum qildi Federal tarmoq agentligi (Bundesnetzagentur, BNetzA) rahbari Klaus Myuller 14 iyul, payşanba kuni Redaktionsnetzwerk Deutschland (RND) naşriga bergan intervyusida. «Hozirda isitiş uçun tölovlarni olayotganlarga avans tölovlari miqdori ikki baravar köpaymoqda, bunda Ukrainadagi uruş oqibatlari umuman hisobga olinmagan. 2023 yil uçun iste’molçilar kamida uç baravar miqdorni hisobga olişlari kerak».
Myullerning sözlariga köra, hozirda gaz uçun yiliga 1500 yevro tölayotgan mijozlar 4500 yevro va undan köproq tölaşi «mutlaqo realdir». «Bir qator hollarda birjalarda gaz narxi yetti barobar oşdi. Bularning barçasi iste’molçilarga darhol va töliq yetib bormaydi, biroq qaysidir vaqtda buning uçun pul tölaş kerak böladi», deb ta’kidladi BNetzA rahbari. Uning sözlariga köra, Germaniyada gaz bilan işlaydigan isitiş qozonlarining yarmiga yaqini hozirda yaxşi tartibga solinmagan va «katta tejamkorlikka» ozgina harakat bilan erişiş mumkin.
Klaus Myuller xususiy uy xöjaliklari umuman gazsiz qolişi ehtimoli unçalik katta emasligini qöşimça qildi: «Eng yomon holatda ham Germaniya Norvegiyadan, Belgiya yoki Niderlandiya terminallaridan gaz olişni davom ettiradi, keyin esa Germaniya sohilidagi terminallardan töğridan töğri gaz oladi». U gaz tanqisligi yuzaga kelgan taqdirda, xususiy uy xöjaliklari birinçi navbatda gaz bilan ta’minlanmaydi, degan xavotirlarni çetga surdi. Myullerning sözlariga köra, Germaniya va Yevropa qonunçiligi xususiy uy xöjaliklarini «oxirgigaça» himoya qilişni nazarda tutadi.











