Microsoft kompaniyasi asosçisi Bill Geyts deyarli barça boyligini sobiq rafiqasi Melinda bilan hamkorlikda taşkil etgan xayriya jamğarmasiga ötkazişini ma’lum qildi.

«Boyligimning deyarli barçasini fondga berişni rejalaştirganman. Pastga qarab harakatlanaman va oxir-oqibat dunyoning eng boy odamlari röyxatini tark etaman.

Sönggi bir neça yil içida, deb yozdi Microsoft asosçisi, dunyo bir qança dahşatli zarbalarni boşdan keçirdi, jumladan, koronavirus pandemiyasi va Ukrainadagi uruş. Ular «köplab odamlarni qayğuga soldi va dunyodagi vaziyat bundan ham yomonlaşadimi deb öylaşga majbur qildi», deb yozdi Geyts Tvitterda.

«Ammo men hamon yaxşi niyatdaman», deb tan oldi Geyts. Uning fikriga köra, «zararni kamaytiriş va dunyo intilayotgan taraqqiyotga yana qaytiş mumkin».

2000 yilda u sobiq rafiqasi Melinda bilan xayriya jamğarmasini taşkil qilib, yiliga 6 milliard dollar ajrata boşlagan edi. Biroq, «zamonimizning buyuk inqirozlari barçamizdan yanada köproq narsani talab qiladi», deb yozdi u va endi jamğarmaga har yili 9 milliard dollar ajratilişini qöşimça qildi. Bu yili esa fondga 20 milliard dollar berdi.

«Odamlarning azob-uqubatlarini kamaytiriş va hayotini yaxşilaşga eng köp ta’sir qiladigan usullar bilan boyligimni jamiyatga berişni öz vazifam deb bilaman. Umid qilamanki, juda boy va imtiyozli lavozimdagi boşqa odamlar ham şu lahzalarda oldinga qarata qadam taşlaşadi», degan u.

Jamğarma Bill va Melinda Geytslar nomi bilan atalgan bölsa-da, töplangan mablağlarning yarmi investor Uorren Baffet tomonidan berilgan. «Uning döstligi va rahbarligini qançalik qadrlaşimni heç qaçon yetarli darajada ifoda eta olmayman», deb yozdi Geyts.

Bloomberg Geytsning boyligini 114 milliard dollarga baholaydi va uni dunyodagi törtinçi eng boy odam deb hisoblaydi. Forbes real vaqt rejimida yangilaydigan dunyoning eng badavlat biznesmenlari reytingida Geytsning boyligi 13 iyul oqşomida 122,1 milliard dollarga baholangan. Bu reytingda ham u törtinçi örinni egallagan.