Toşkent şahar hokimligi va “Xisorak Beşyoğoç” MÇJ örtasidagi iş 11 yillik “tarix”ga ega. Hokimlikning 2011 yil 29 iyundagi 373-sonli qarori bilan Çilonzor tumani, Furqat berk köçasida joylaşgan, “Xisorak Beşyoğoç” MÇJga tegişli 6699 m² bino-inşootlar va salkam 3 gektar yer maydoni bilan davlat ehtiyojlari uçun olingan.

Fuqarolik kodeksining 206-moddasiga köra, olib qöyilayotgan yer uçastkasidagi uy, boşqa imoratlar, inşootlarni zarar örni bozor qiymati böyiça töliq qoplanmaguniça buzib taşlaşga yöl qöyilmaydi. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi qarori bilan tasdiqlanib, 2018 yilgaça amalda bölgan davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarining olib qöyilişi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaş tartibi töğrisidagi Nizomning 26-bandida yuridik şaxsga mulk huquqi asosida tegişli bölgan uy, işlab çiqariş imoratlari, boşqa imoratlar, inşootlar, dov-daraxtlar joylaşgan yer uçastkasi olib qöyilgan holda unga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk berilişi va yer uçastkasi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi oqibatida yetkazilgan zarar tölaligiça qoplanişi belgilangan.
Lekin mazkur huquqiy asoslarga qaramay, Toşkent şahar hokimligi tomonidan “Xisorak Beşyoğoç” MÇJga kompensatsiya berilmagan hamda zavod bino-inşootlari buzilgan.
Da’vogarning murojaati asosida Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil tomonidan 2018 yilda Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritilgan. Birinçi instansiya sudining 2018 yil 4 dekabrdagi qarori bilan baholaş hisobotiga asosan Toşkent şahar hokimligidan da’vogar hisobiga 4,7 mlrd söm kompensatsiya undiriş belgilangan. Biroq da’vogar sudga murojaat qilib, “Global Tris” ŞKning baholaş hisoboti ekspertizadan ötkazilmagani va unga huquqiy baho berilmaganligi sababli işni yangi oçilgan holatlar böyiça qayta körişni söragan.
Iş yuzasidan 2022 yilgaça bir neça bor sud majlislari ötkazildi. Sudning 2022 yil 18 yanvardagi ajrimi bilan, olib qöyilgan köçmas mulklar va ular joylaşgan yer maydonining bozor qiymatini aniqlaş böyiça “Smart Expert Group” MÇJga baholaş ekspertizasi tayinlangan. Uşbu MÇJ tomonidan baholaş obekti 93 mlrd 282 mln sömga baholangan.























