Prezident “2022-2026 yillar davomida amalga oşirilişi möljallangan “Xavfsiz va ravon yöl” umummilliy dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Yöl infratuzilmasini takomillaştiriş va xavfsiz harakatlaniş şaroitlarini yaratiş orqali yöllarda avariya va ölim holatlarini keskin qisqartiriş, harakatni boşqariş tizimini töliq raqamlaştiriş va jamoatçilikning uşbu sohadagi işlarda keng iştirokini ta’minlaş maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvçi 2022-2026 yillar davomida respublika hududida amalga oşirilişi möljallangan “Xavfsiz va ravon yöl” umummilliy dasturi tasdiqlandi:

  • avtomobil yöllari infratuzilmasini kompleks takomillaştiriş;
  • avtomobil yöllarida harakatni boşqariş tizimini raqamlaştiriş;
  • jamoat transportini rivojlantiriş va raqamlaştiriş;
  • yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş böyiça tarğibot-taşviqot işlarini kuçaytiriş, bolalarga yöl harakati qoidalarini amaliy örgatişni yölga qöyiş;
  • haydovçilarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş tizimini takomillaştiriş hamda transport vositalari texnik holati ustidan nazoratni kuçaytiriş.

Dasturda belgilangan manzilli tadbirlarning amalga oşirilişini öz vaqtida va töliq ta’minlaşga qaratilgan quyidagi nazorat tartibi örnatildi:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar prokurorlari – har çorakda mas’ul davlat organlari tomonidan dastur ijrosi amalga oşirilişi yuzasidan hududlar kesimida örganişlarni ötkaziş va natijalari böyiça Boş prokuraturaga axborot berişni taşkil etadi;
  • Boş prokuratura, Hisob palata – har çorakda mas’ul davlat organlari rahbarlarining dastur ijrosi, hududlar kesimida amalga oşirilişi yuzasidan hisobotlarini eşitiş va bajarilmayotgan masalalari yuzasidan tanqidiy muhokama qiliş maqsadida yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş böyiça respublika maxsus komissiyasiga axborot kiritiş amaliyotini yölga qöyadi;
  • Vazirlar Mahkamasi – har yarim yilda dastur ijrosini hududlar kesimida tanqidiy muhokama qiliş, ijrosi yuzasidan kamçiliklarga yöl qöygan mas’ul rahbarlariga intizomiy jazo çoralarni köriş, dasturda belgilangan tadbirlarni töliq amalga oşirilişini taşkil etadi.

Dasturda belgilangan manzilli tadbirlar öz vaqtida va töliq bajarilişini sözsiz ta’minlaş uçun javobgarlik şaxsan Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari, içki işlar vaziri, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi raisi zimmalariga yuklandi.