Turkiya, Misr va Saudiya Arabistoni BRICS guruhiga qöşilişga tayyorgarlik körmoqda, deb xabar berdi «Izvestiya» BRIKS xalqaro forumi prezidenti Purnima Anandga asoslanib.

«Bu mamlakatlar qöşilişga qiziqiş bildirdi va a’zolikka ariza berişga tayyorlanmoqda. Bu yaxşi qadam deb öylayman, çunki kengayiş hamişa ijobiy qabul qilinadi, bu BRICSning butun dunyodagi ta’sirini kuçaytiradi», — dedi u.

Anandning sözlariga köra, mazkur mamlakatlar kiriş «jarayonida» turibdi, şu bois ular hamda iyun oxirida ariza bergan Eron va Argentinaning guruhga kirişi 2023 yilda JARda bölib ötadigan sammitda amalga oşişi mumkin. 

«Izvestiya» manbasining sözlariga köra, Pekinda bölib ötgan sammitda BRICS a’zolari Saudiya Arabistonining a’zo bölişi masalasini «jiddiy» muhokama qilgan, Turkiya va Misr mavzusi esa kötarilmagan.

Hozirda BRICSga beş mamlakat - Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR a’zo. Guruh 2006 yilda taşkil topgan. BRICSning maqsadi siyosiy, iqtisodiy va millatlararo darajadagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirişdan iborat.