Ukrainada yaşovçi jurnalist va mediamenejyer Yevgeniy Kiselev Rossiyada qidiruvga berildi. Uning kartasi Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligi qidiruvda bölgan şaxslar ma’lumotlar bazasida paydo böldi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» 15 iyul, juma kuni. Kiselevga qaysi moddaga köra jinoyat işi qözğatilgani, u nega qidirilayotgani aytilmagan.
Yevgeniy Kiselev - sovet, rus va ukrainalik jurnalist va siyosiy kuzatuvçi. Yillar davomida u Rossiyaning NTV, TNT, TV-6 telekanallarida mualliflik dasturlari boşlovçisi sifatida işlagan. 2000-2001 yillarda NTV telekanalining boş direktori va boş muharriri bölgan. Keyinçalik u «Exo Moskvy» radiostansiyasida va RTVI xalqaro telekompaniyasining efirida dasturlarni olib bordi. 2008 yildan beri Kiselev Ukrainada yaşaydi va işlaydi, hozirda u «Ukraina 24» telekanalining boşlovçisi.
2022 yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi jismoniy şaxslar - xorijiy agentlar reyestrini tuzdi. Unga birinçi bölib Yevgeniy Kiselev va jurnalist Matvey Ganapolskiy kiritildi.












