2020 yil olti oyda 21,256 ta ma’muriy-huquqbuzarlik töğrisidagi işlar ham körib çiqilgan. Bu haqda viloyat matbuot uyida ötkazilgan matbuot anjumanida Samarqand viloyat sudi raisi Olimjon Hayitov ma’lum qilgan.

2022 yilning dastlabki olti oyida Samarqand viloyati sudyalari tomonidan qariyb 2976 nafar şaxsga nisbatan 2400 ta jinoyat işi körib tamomlangan. Ularda 2272 nafar şaxsga hukm çiqarilgan. 694 nafar şaxsga nisbatan 644 iş tamomlangan. Tamomlangan jinoyat işlari soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 23 foizga oşgan.

Bundan taşqari, 2022 yil olti oy mobaynida 25,785 nafar şaxsga nisbatan 21,256 ta ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş birinçi instansiyada körib çiqilgan. Şundan 13,863 ta ma’muriy iş böyiça 15,887 nafar şaxsga nisbatan ma’muriy jazo qöllaş haqida qaror çiqarilgan.

Jami ma’muriy-huquqiy işlar böyiça qariyb 24 milliard sömlik jarima jazolari tayinlangan.

Şuningdek, fuqarolik işlari böyiça sudlarda 23,887 ta (2021 yil şu davrida 17,291 ta) fuqarolik işlari tamomlangan, şundan 18,605 ta da’vo qanoatlantirilgan, 2,558 ta da’vo rad qilingan, 2,031 ta ariza körmasdan qoldirilgan, 693 tasi iş yuritişdan tugatilgan.

Iqtisodiy sudlarda esa 5,567 ta iqtisodiy iş mazmunan körilib hal etilgan. Şundan 4,960 ta da’vo qanoatlantirilgan, 382 ta da’vo rad qilingan, 87 ta da’vo ariza körmasdan qoldirilgan, 138 ta iş yuritişdan tugatilgan.