Şri-Lanka parlamenti mamlakatdagi ommaviy norozilik namoyişlari fonida avvalroq tegişli ariza topşirgan prezident Gotabay Rajapaksaning iste’fosini qabul qildi. Bu haqda 15 iyul, juma kuni parlament spikeri Mahinda Yapa Abeyvardena ma’lum qildi.
Unga köra, Rajapaksaning vorisi yaqin kelajakda davlat rahbari etib saylanişi kerak. Parlament nomzodlarni 19 iyulda taklif qiladi, ovoz beriş esa 20 iyulda bölib ötadi, deya spiker sözlaridan iqtibos keltirmoqda News First mahalliy naşri. Qonunga köra, agar prezident lavozimi böşab qolsa, unga deputatlardan biri saylanadi, u keyingi saylovga qadar qolgan muddatda, bu holda, 2024 yilning noyabrigaça lavozimda qoladi, deb tuşuntiradi naşr.
Avvalroq boş vazir Ranil Vikramasingxe rasman prezident vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. U bu lavozimni hafta örtasida, Gotabaya Rajapaksa 13 iyulga ötar keçasi mamlakatni tark etganidan söng egallagan.
Şri-Lanka 1948 yilda mustaqillikka erişganidan beri eng yomon iqtisodiy inqirozni boşdan keçirmoqda. Mamlakatda oziq-ovqat, dori-darmon va yonilği taqçilligi kuzatilyapti, inflatsiya 54,6 foiz darajasiga yetdi, mamlakatning taşqi qarzi esa 51 milliard dollarni taşkil qilmoqda.
9 iyul kuni namoyişçilar mamlakatning eng yirik şahri Kolombodagi prezident saroyiga bostirib kirib, boş vazir Vikramasingxening şaxsiy qarorgohiga öt qöyişi ortidan siyosiy vaziyat keskinlaşdi. Şundan söng Şri-Lanka hukumati mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi va komendantlik soati joriy qildi.












