Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi davlat xaridlari portaliga Toşkent xalqaro investitsiya forumini ötkazişga qança mablağ sarflagani haqidagi ma’lumotlarni joylaştirdi.

2022 yil mart oyida Toşkentda xalqaro investitsiya forumi ötkazilgan edi. Davletovuz Telegram-kanali muallifi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi tomonidan davlat xaridlari portaliga joylaştirilgan ma’lumotlarga e’tibor qaratdi.

Qayd etilişiça, forum doirasida 15 mlrd sömdan ortiq xaridlar amalga oşirilgan. Xususan:

  • Sky Evens MÇJ – forumni taşkillaştiriş uçun 7 mlrd 264 mln söm;
  • Akfa Dream World MÇJ (Hilton) – forum doirasida taomlar uçun 2 mlrd 585 mln söm;
  • Lyuks Taxi MÇJ – lyuks avtomobillar ijarasi uçun 2 mlrd 53 mln söm;
  • Interhotel MÇJ (mehmonxona) – zallar ijarasi va 1500 kişilik taomlar uçun 1 mlrd 190 mln söm;
  • Respublika maxsus aloqa bogʻlamasi DUK – ovoz qurilmalari uçun 798,5 mln söm;
  • Ahadmix-Yastreb MÇJ – sahna va ekranlar ijarasi uçun 457 mln söm;
  • Akfa Dream World MÇJ (Hilton) – forum ştabiga zal ijarasi va taomlar uçun 253 mln söm;
  • Shoraxmat-Fayz oilaviy korxonasidan bayroq ijarasi uçun 398 mln söm.

“Bundan taşqari, yana bir qator xarajatlar ham amalga oşirilgan. 15 mlrd sömdan oşib qolar ekan”, deya yozadi bloger.

Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi forum yakunlari böyiça jami 7,8 mlrd dollarlik aniq şartnomalar va investitsiyaviy bitimlar imzolanganini