«Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.

Farmon bilan Ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ro‘yxati tasdiqlandiRo‘yxatga ma'lumotlarning 33 xil toifasi kiritilgan.

33 toifadagi ma'lumotlarning ochiqlanishi jamoatchilikda mustaqil surishtiruvlar olib borish imkoniyatini oshiradi.

Hujjat talablari barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Hisob palatasi, Markaziy bank, sud va prokuratura organlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalariga taalluqli.

Farmonga asosan, 2021 yil 1 iyuldan boshlab quyidagi ma'lumotlar rasmiy internet manbalarida ochiqlab boriladi va har chorakda yangilanadi:

  • davlat xaridlari, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
  • mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari (xizmat safarining yoki tashrifning maqsadi, sutkalik pul, transport va yashash bilan bog‘liq xarajatlar, bundan davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma'lumotlar mustasno);
  • soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar, shu jumladan, individual imtiyozlar berilgan sub'yektlarning benefitsiarlari (yakuniy manfaatdor jismoniy shaxslari), ular tomonidan to‘langan soliqlar va moliyaviy ko‘rsatkichlar;
  • davlat organlari va tashkilotlarining yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi, shu jumladan, obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish xarajatlari;
  • Hisob palatasi, Moliya vazirligi va nazorat qiluvchi organlarning taftish va tekshiruvlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar (davlat siri bo‘lgan ma'lumotlarning yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning muhofaza qilinishini ta'minlagan holda);