Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston 7,8 mlrd dollarlik shartnoma va bitimlarni imzoladi
Poytaxtda 1-Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) o‘z ishini yakunladi. Tadbir 2 mingdan ortiq ishtirokchilarni – jahonning 56 mamlakatidan yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlarni birlashtirgan biznes dunyosidagi muhim voqeaga aylandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, forum doirasida Savdo, iqtisod, investitsiyalar, texnika, madaniyat, sport va yoshlar masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hukumatlararo komissiya 5-yig‘ilishi, “Sanoat kooperatsiyasi. Yangi imkoniyatlar” O‘zbekiston-Xitoy investitsiyaviy forumi, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari rahbarlari va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar ishtirok etgan O‘zbekiston uchun “mamlakat platformasi” bo‘lib o‘tdi.
Forum yakunlari bo‘yicha 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
“TXIF o‘zini mintaqalararo va xalqaro aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish uchun keng ko‘lamli muloqot platformasi sifatida namoyish etib, mamlakatlararo va mintaqalararo investitsiyaviy va tashqi iqtisodiy hamkorlikning kuchli katalizatoriga aylandi”, deyiladi xabarda.
Forum O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, mintaqa tadbirkorlari va xorijiy ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish maqsadida ularni qiziqtirgan yo‘nalishlarni kashf etish uchun doimiy maydonchaga aylanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026