08:01 / 15.07.2022
7245

Yangi qurilayotgan ko‘chmas mulkni fuqarolari sotib olish huquqiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida yangi barpo etilayotgan ko‘chmas mulk obektlarini fuqarolari sotib olish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlar ro‘yxati tasdiqlandi. 

Xorijiy mamlakatlar fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini talab qilmasdan, quyidagi yangi ko‘chmas mulklarni sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi berilgan:

Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 ming AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk obektlarida qiymati 180 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk obektlari;

boshqa hududlarda – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 ming AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk obektlarida qiymati 85 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk obektlari.

O‘zbekistonda yangi barpo etilayotgan ko‘chmas mulk obektlarini fuqarolari sotib olish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlar ro‘yxatidan jami 108 ta davlat o‘rin oldi. 

Mavzuga oid
Top