Havo harorati keskin kötarilişi natijasida elektr energiyasiga bölgan talab ham keskin oşadi. Natijada, elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklama ortişi va tarmoqda nosozliklar kelib çiqişi mumkin.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, vazirlik va tizimdagi barça taşkilotlar tomonidan havo harorati keskin kötarilişi kunlarida iste’molçilarga energiya resurslarini barqaror yetkazib beriş çoralari körilmoqda.
Uşbu kunlarda elektr energiyasini işlab çiqaruvçi stansiyalarda zaxira energobloklari işga qöşiladi. Elektr energiyasi yetkazib beriş sifatini oşiriş maqsadida joriy yil boşidan 2 ming kilometrdan ortiq elektr uzatiş tarmoqlari va 330 dan ortiq transformator punktlari yangilandi.
Past kuçlanişli 17 ming kilometrdan ortiq elektr uzatiş tarmoqlari va 6 mingga yaqin transformator punkti, 110-500 kV kuçlanişli 600 kilometrdan ortiq elektr uzatiş tarmoği va 7 ta kuç transformatori mukammal ta’mirlandi.
Bildirilişiça, barça elektr stansiyalarida 24 soatlik navbatçilik guruhlari taşkil etildi. Elektr tarmoqlarida favqulodda holatlar oldini oliş va ularni bartaraf etiş maqsadida hududlar böylab tun-u kun işlaydigan 227 ta avariyaga qarşi brigada taşkil etildi.
“Respublikada havo harorati anomal darajada isişi natijasida elektr qurilmalarida ortiqça yuklama tufayli yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozliklar oldini oliş maqsadida elektr energiyasidan tejamkorlik bilan, şuningdek, imkon qadar sovitiş qurilmalaridan oqilona foydalanişni, zarur bölmaganda elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qöyişni söraymiz.
Uşbu vaziyatni töğri tuşungan holda energiya resurslaridan oqilona foydalaniş natijasida elektr qurilmalarining uzoq muddatga işdan çiqişining oldini olgan bölamiz, hamda energiya resurslarining barça iste’molçilarga barqaror yetib borilişiga munosib hissa qöşgan bölamiz”, deyiladi vazirlik murojaatida.
Ta’kidlanişiça, bu kabi holatlarda jahon tajribasida hukumat tomonidan xalqqa energiya resurslaridan oqilona foydalaniş va elektr energiyasi iste’molini imkon qadar qisqartiriş yuzasidan murojaatlar qilinadi.
Iste’molçilardan elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan 11-54 qisqa raqami yoki Telegram’dagi (@HET_admin) administratorga murojaat qiliş söralgan.









