Qoraqalpoğistondagi voqealarni örganiş böyiça tuzilgan parlament komissiyasi bugundan mustaqil tekşiruv ötkazişni boşladi. Bu haqda Inson huquqlari böyiça vakil (ombudsman) matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Komissiya a’zolari 2022 yilning 16 iyul kuni Qoraqalpoğiston Respublikasida yuz bergan holatlarni joyiga çiqqan holda örganiş, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buziş bilan boğliq holatlarni aniqlaş maqsadida Qoraqalpoğistonda iş boşlaşi ma’lum qilinadi.
Ötkazilgan tekşiruv natijalari e’lon qilinadi va Özbekiston jamoatçiligi va jahon hamjamiyatiga yetkaziladi», - deyiladi rasmiy bayonotda.
Şuningdek, Qoraqalpoğistonda yuz bergan holatlar va voqealarni örganiş böyiça tuzilgan komissiya tarkibi ham tasdiqlandi. Komissiyaga 14 nafar şaxs kiritilgan bölib, ularning orasida Qonunçilik palatasi deputatlari Alişer Qodirov, Bobur Bekmurodov, Şveytsariyaning «Markaziy Osiyo assotsiatsiyasi» direktori Gulnoz Mamarasulova, şuningdek, bir qança Qoraqalpoğistonlik faollar va senatorlar kiritilgan.

Komissiyaga ombudsman Feruza Eşmatova rahbarlik qilmoqda.
Komissiya a’zosi deputat Alişer Qodirov esa qonun ustuvorligini ta’minlaş jarayonlari va şu kabi masalalarga xolis javob izlaşini aytgan.
«Bugundan Nukusda iş boşlaymiz. Aslida nima böldi, qanday böldi va nima uçun böldi? Qonun ustuvorligini ta’minlaş jarayonida inson huquqlari buzilmaganmi? Savollarga xolis va batafsil javoblar izlaymiz. Natijalar haqida Oliy Majlisga va dunyo hamjamiyatiga ma’lum qilinadi», - deb yozgan Qodirov.
Eslatib ötamiz, 25 iyun kuni Özbekiston Konstitutsiyasini takomillaştirişga oid qonun loyihasi muhokamaga qöyilgan edi. Loyihaga kiritilgan Qoraqalpoğistonga oid takliflar qoraqalpoq jamoatçiligida turliça qarşi olindi. 1-2 iyul kunlari Nukus şahrida ommaviy namoyiş va tartibsizliklar bölib ötdi. Buning natijasida rasmiylar ma’lumotiga köra 18 kişi, xususan 4 nafar harbiy halok böldi, 243 kişi (şu jumladan 38 nafar huquq organi xodimi) jarohatlandi.













