Toşkent şahar hokimligi hisobidan undiruvçi “Xisorak Beshyogoch” mas’uliyati çeklangan jamiyat (MÇJ) foydasiga 88 mlrd söm kompensatsiya tölovini undiriş töğrisidagi ijro hujjati ijrosiz qolayotgani tanqid qilingan edi.

Mazkur maqolaga Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati munosabat bildirdi.

Ma’lum bölişiça, Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 25 martdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor Toşkent şahar hokimligi hisobidan undiruvçi “Xisorak Beshyogoch” mas’uliyati çeklangan jamiyat foydasiga 88 mlrd 566 mln 751 ming söm kompensatsiya tölovi undiriş töğrisidagi ijro hujjati joriy yilning 4 aprel kuni Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining markaziy apparati bölim iş yurituviga kelib tuşgan va ijro işi qözğatilib, taraflarga yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida Özbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi Qonunining 21-moddasiga asosan qarzdorning bankdagi tegişli hisob raqamlariga band solingan.

Şuningdek, ijro harakatlari davomida ijro işi yuritişni qözğatiş töğrisidagi qaror Toşkent şahar hokimligi tomonidan Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga ijro uçun yuborilganligi aniqlangan.Uşbu kompensatsiya tölovlarini qoplaş masalasi Toşkent şahar hududiy kuzatuv kengaşi tomonidan körib çiqilmoqda.

Hozirda mazkur ijro işi yuzasidan majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda (Joriy yilda olib borilgan ijro harakatlari davrida, 82 mlrd. sömdan ortiq 49 ta ijro işlari böyiça kompensatsiya mablağlari undirib berilgan), deyiladi MIB axborotida.