U dastlab may oyida Hindistonda aniqlangandi. JSST bu mutant haqida birinçi marta ikki hafta oldin, 6 iyul kuni ma’lumot berdi. 13 iyul kuni virus Niderlandiyaga yetib bordi. 19 iyul kuni Rossiya rasmiylari ham mamlakat hududida bu ştamm qayd etilgani haqida xabar berişdi.
«Rospotrebnadzor» tomonidan ta’kidlanişiça, Moskvada kovid infeksiyasining yangi tölqini aynan «kentavr» bilan boğliq. Demak, moskvaliklar xavotirlaniş uçun barça asoslarga ega.
Rossiya poytaxtida kovid infeksiyasining yangi holatlari soni tez sur’atlar bilan ösib bormoqda. Sönggi haftada aniqlangan bemorlar soni oldingi ikki haftada aniqlangan holatlar soniga teng.

Hozirça bunday sur’at faqat «kentavr» aniqlangan poytaxt şaharda kuzatilyapti. «Roskomnadzor» xabariga köra, Rossiyadagi barça beşta holat Moskvada röyxatga olingan. Barça testlar iyul oyida topşirilgan. Ammo bitta katta «lekin» bor. Statistik ma’lumotlar har doim virusning haqiqiy tarqaliş sur’atidan ortda qolişini tuşuniş kerak.
Ikki yillik pandemiya tajribasiga asoslanib, işonç bilan aytiş mumkinki, «kentavr» allaqaçon Rossiyaning aksariyat hududlariga yetib borgan. Va hatto, katta ehtimol bilan u birmunça vaqt «inkognito» tarzda ötlaydi.
Bu esa yaqin kelajakda Rossiyaning boşqa mintaqalari ham poytaxtga yetib olişini anglatadi (albatta agar mahalliy rasmiylar test oliş kölamini pasaytirmasa).
Misol uçun, rasmiy statistikaga köra, «kentavr» na Moskva oblastiga, na Sankt-Peterburgga yetib borgan. Ammo u yerlarda Moskvani eslatuvçi tölqin allaqaçon kötarila boşlagan. Balki bir neça kun keçikkandir.
Omikronning uşbu turi yangi hisoblanadi, bu esa xotirjamlikka berilmaslikka çorlaydi. Olimlar uni hali ham örganişmoqda. Örganiş uçun namunalar kam va birinçi ma’lumotlar unçalik tasalli bermaydi.
Virus genomining asosiy fragmentida muhim mutatsiyalar topilgan, aynan ular inson hujayralariga kiriş xususiyatini belgilab beradi. Demak, nazariy jihatdan, u organizm tomonidan virusga qarşi işlab çiqilgan antitanalarga çidamliroq bölişi kerak. Boşqaça aytganda, yanada yuqumliroq.
Yuqumlilik darajasi yuqori ekani haqidagi nazariyani qöllab-quvvatlaş uçun ba’zi faktlar bor. Masalan, yuqoridagi statistika.
Biroq, yaxşi yangilik ham bor.













