Andijonning Jalaquduq tumanidan kelgan 7 yoşli Muhammadjonning taqdiri boşqa bolajonlarnikidan keskin farq qiladi. Bolada umurtqa poğonasi va orqa miya şikastlanişi tufayli unga zudlik bilan ötkazilişi kerak bölgan murakkab operatsiya tavsiya qilingan. Umurtqadagi kasallik bolaning töğri yurişiga yöl qöymaydi. Ammo ota-onani qiynagan asosiy muammo bolaning çöloqlanib yurişi ham emas.

“Öğlim orqa miyadagi kasallik asoratidan axlatini, siydigini tutişga qiynaladi, köpinça şu sabab boşqalar oldida uyalib qolyapti. Katta bölgani sari döstlaridan xijolat böladi, şunday paytlarda uyga yiğlab keladi.

Turmuş örtoğim ham, özim ham tinimsiz işlaymiz. Ammo mavsumiy iş bilan şuğullanganimiz uçun rözğordan orttirişning imkoni bölmaydi. Uzoq vaqt işlab töplaganimiz bir marta poytaxtga kelib davolanişimiz uçun sarflanib ketadi.

Öğlim “Mening kasalligim qaçon tuzaladi, qaçon boşqa bolalarga öxşab öynab yuraman?” deb yuragimni ezadi”, – deya kuyunadi onasi Xurşida Örinboyeva. Uç farzandni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan ota-onasida esa ayni paytda bunday operatsiya uçun xarajatlar topilmayapti.

Bir bolaning köngli öksişi – bir taqdirning sinişidir. Muhammadjonning ham jismoniy, ham ruhiy oğriqlari taşlayotgan qadamlarida aks etadi. Ajab emas, yaxşilarning saxovatidan şu oğriqlar barham topsa.

Muhammadjon Kubijonovga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 0602 9071 8874 onasi Örinboyeva Xurşida nomida

Uzcard: 8600 0609 8779 5680 onasi Örinboyeva Xurşida nomida

Manzil: Andijon şahar, Jalaquduq tumani, Yorqişloq qişloği, Yakkatut mahallasi 156-uy.

Gulmira Toşniyozova tayyorladi.

Tasvirçi – Abdusalim Abduvohidov.