Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Professional ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish boshlandi
Bugun, 20 iyuldan professional ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.
Foto: Kun.uz
Kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda (Adliya vazirligi yuridik texnikumlaridan tashqari) o‘qishni ko‘chirish yuzasidan arizalar 20 iyuldan 10 avgustga qadar qabul qilinadi.
O‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lganlar ta’lim muassasasida tashkil etilgan ishchi guruhga quyidagilardan iborat hujjatlar yig‘ma jildini taqdim etadi:
- ariza (o‘quvchi yoki voyaga yetmagan bo‘lsa uning ota-onasi tomonidan);
- professional ta’lim muassasasi tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma;
- o‘quvchining kursdan kursga o‘tganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;
- o‘quvchining pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi hamda ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan pasporti nusxasi.
Mavzuga oid
15:26 / 18.12.2025
Akkreditatsiya to‘lovlari qaytarilmaydi: ta’lim tashkilotlari uchun yangi qoidalar
20:15 / 16.12.2025
2,5 mlndan 1 mlrd so‘mgacha – 100 dan ortiq olimpiadachi o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlandi
18:42 / 15.12.2025
«Mening maktabim» doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi
09:36 / 15.12.2025