Xususan, Şavkat Mirziyoyev xavfsizlik sohasida Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengaşlari va xavfsizlik xizmatlari rahbarlarining doimiy maslahatlaşuvini yölga qöyiş taklifi bilan çiqdi.

«Mintaqaviy hamkorligimizning strategik yönalişi xavfsizlik sohasidir.

Mintaqaning xavfsizligi ajralmas va eng avvalo, hamkorligimiz qançalik samarali yölga qöyilganiga boğliqligini alohida ta’kidlamoqçiman.

Bu borada ekstremizm va terrorizmning an’anaviy tahdidlari, uyuşgan jinoyatçilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanişiga qarşi kuraşişda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirişimiz zarur.

Bizning alohida e’tiborimiz internetdagi kölami ortib borayotgan noqonuniy faoliyat bilan boğliq çaqiriqlar muammolariga qaratilgan.

Bugungi kunda bu tahdidlarning çegarasi yöq – ular mobil telefonlar orqali kirib boradi. 

Afsuski, Özbekistonda sönggi paytlarda röy bergan fojiali voqealar bizning rejalarimizni buzişga, mintaqamizda tartibsizlik va beqarorlik keltirib çiqarişga urinayotgan buzğunçi kuçlar borligini yana bir bor tasdiqladi. 

Şu munosabat bilan biz mintaqa davlatlarining xavfsizlik kengaşlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining uşbu sohalarning barçasi böyiça muntazam maslahatlaşuvlarini yölga qöyiş taklifini qöllab-quvvatlaymiz», dedi davlat rahbari.