
21 iyul kuni Markaziy bank boşqaruvi asosiy stavkani bir bandga pasaytirib, 15 foiz etib belgilaş töğrisida qaror qabul qilgaç, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.
Unda MB raisi nima sababdan 200 ming sömlik banknota çiqarilganligiga izoh berdi.
“Ba’zi blogerlarimiz 200 ming sömlik banknota çiqdi, endi inflatsiyani töxtatib bölmay qoladi, deb yozişdi. 200 ming sömlikni inflatsiyani töxtatiş yoki bankomatlar uçun çiqarganimiz yöq-ku, bundan asosiy maqsad odamlarga qulaylik yaratiş.
Birinçidan, umume’tirof etilgan naqd pulning öziga xos qoidalari bor. Ya’ni eng yirik banknotadagi kupyura örtaça oylikning kamida 30−40 foiziga teng bölişi kerak. Bu körsatkiç ayrim davlatlarda 50 foiz.
Ikkinçidan, biz örgangan yana bir jihat: odamlarimizning örtaça xarid summasi qança bölayotganligi böldi. Hozirda örtaça xarid summasi 200, 300, 500 ming sömdan oşayotgan holatlar bor. Endi buni segmentlar böyiça örganamiz, masalan, dehqon bozorida qanday xarid, savdo komplekslarida qanaqa? Xuddi şu jihatlarni asos qilgan holda 200 ming sömlikni kutib ötirmay, oldinroq çiqardik.
Uçinçidan, biz jami muomaladagi banknotalar sonini ham monitoring qilib boramiz. Masalan, ikki yil oldin naqd pul banknotalari soni aholi jon boşiga 370 tani taşkil etgan bölsa, bugungi kunda bu körsatkiçni 70 tadan ortiqroqqaça kamaytirdik. Yirik banknotalar çiqarilişidan maqsad, xalqimizga qulaylik yaratiş.
Yana bir narsani qöşimça qilmoqçiman, pul massasining köpayişi iqtisodiyotdagi bölayotgan ijobiy ösiş va özgarişlarning mahsuli hisoblanadi, ya’ni pul özidan özi köpayib ketmaydi. Biz pul massasini nazorat qilib, biror natijaga erişa olmaymiz, faqatgina xalqimizga qiyinçilik va ovoragarçilik tuğdirişimiz mumkin”, dedi Mamarizo Nurmurodov.











