Italiya prezidenti Serjio Mattarella 21 iyul, payşanba kuni mamlakat parlamentini tarqatib yubordi. Bunday qarorga respublikadagi siyosiy vaziyat sabab böldi, deya ma’lum qildi davlat rahbari televideniye efirida. Muddatidan oldin saylovlar 25 sentabrda bölib ötadi.

Undan bir neça soat oldin Mattarella boş vazir Mario Dragi iste’fosini qabul qildi. Dragi parlamentda hukmron koalitsiya partiyalari tomonidan kerakli keng kölamli qöllab-quvvatlovga ega bölmagani tufayli öz lavozimidan iste’foga çiqiş uçun ikkinçi marotaba ariza bergandi.

May oyi örtalarida Italiyada hukmron koalitsiya partiyalari va vazirlar mahkamasi örtasidagi qarama-qarşiliklar tufayli hukumat inqirozining kuçayişi boşlandi. 14 iyul kuni «Beş yulduz harakati» partiyasi hukumatni qöllab-quvvatlaş uçun ovoz berişda betaraf qoldi, avvalroq u inflatsiya va energiya narxlarining ösişi munosabati bilan Italiya fuqarolari uçun moliyaviy yordamni tasdiqlaş uçun ovoz berişdan boş tortgandi. Boş vazir bunga javoban uning hukumatini qöllab-quvvatlagan milliy birlik koalitsiyasi endi mavjud emasligini, şuning uçun faoliyatini davom ettiriş uçun şaroit yöqligini ma’lum qildi.