Korzinkaga işga kiriş uçun 7 sabab: xodimlar aytib berişadi
|22:00 / 22.07.202227 37311 min
Korzinka ish tajribasiga ega bölmaganlarni işga qabul qiladi va karerada ösiş imkoniyatlarini taqdim etadi, töliq ovqatlaniş bilan ta’minlaydi, xodimlar va ularning oila a’zolariga OTM şartnomasini tölab beradi.
Korzinka — boy tarixga ega bölgan hamda faol ösiş va rivojlanişda davom etayotgan Özbekistondagi yirik supermarketlar tarmoği. Sönggi yarim yillikda kompaniya mingdan ortiq odamlarni işga qabul qildi, kompaniya xodimlari soni esa 6,3 mingni taşkil qiladi. Kompaniya xodimlar işdan qoniqiş darajasini örganiş böyiça doimiy tadqiqotlar olib boradi. Joriy yilda sörovnoma iştirokçilari Korzinkada işlaşning 7 afzallik jihatlarini keltirib ötdilar.
Korzinka birinçi ish kunidanoq rasmiy işga qabul qiladi.
Dildora, dökon boşqaruvçisi
Kollejda öqib yurgan vaqtlarimda, men öqişdan keyin işga borardim, albatta işim rasmiy emas edi. U vaqtda heç kim işim va oyligimga kafolat bermas, ish jadvalim esa doimiy tartibga keltirilmagan edi. Meni istalgan vaqt işga çaqirişlari, dam oliş kunlarini bekor qilişlari yoki oylik ish haqimni uşlab qolişlari mumkin edi. Yana sotuvçi-konsultant bölib ham işlaganman. Unda soatlab köçada turiş va mahsulotlarni ötgan-ketganlarga taklif etişim talab qilinardi. Men uçun heç qanday ish şaroitlari yaratilmagan edi – hatto stul yoki soyada turiş ham. Keyin esa xaridorlar orasida sörovnoma ötkazadigan işga ötdim, albatta bu safar ham norasmiy. U yerda işçining salomatligi, köçada qanday ob-havoligi rahbariyatni umuman qiziqtirmasdi – asosiysi – belgilangan hisobdagi odamlarni sörovnomadan ötkaziş. Yomğirda ham, qorda ham, yuqori haroratda ham işlardim, aks holda rahbariyat işdan böşatiş bilan qörqitardi.
Bugun öşa vaqtlardagi işim bilan soliştirsa, arzigulik taraflari talaygina. Rasmiy işga joylaşganda xodim yuqoridagiga öxşaş holatlardan qonun bilan himoyalanadi. Korzinkada faqatgina mehnat şartnomasi tuzilgandan sönggina işga kirişiladi. Bu yerda ish jadvali aniq belgilangan, smenalar me’yorlaştirilgan, xodimlar va ularning qonuniy haq-huquqlari hurmat qilinadi. Qulay va xavfsiz ish şaroitlari – şuningdek, şubhasiz, katta ustunlik. Pandemiya davrini esga oladigan bölsak: Korzinka bizni transport, qöşimça imtiyozlar bilan ta’minladi, salomatligimiz haqida ğamxörlik qildi va har qanday şaroitda qöllab-quvvatladi.
Qiziqarli fakt
Birinçi kundan rasmiy işga joylaşiş — avvalo işçi uçun kafolat. Bu degani, sizni sinov muddati davomida tölovsiz qoldirişmaydi, sinov muddati davomiyligi esa 3 oydan oşmaydi. U mehnat stajiga kiritiladi, siz esa qonunçilikda örnatilgan barça huquqlaringizdan foydalana olasiz (Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 84–87-moddalar).
Mavzuga oid
Korzinkaga “taniş-bilişsiz” işga joylaşiş mumkin.
Kamila, sotuvçi-ekspert.
Korzinkagaça men kassir bölib işlaganman. Keyin firma yopildi, men esa 5 oy işsiz ötirdim. Farzandimni yolğiz tarbiya qilaman, şu sababli bu davr men uçun judayam qiyin davr böldi. Katta farzandim maktabga borardi, kiçkinasi esa – boğçaga. Korzinka işçilarni işga qabul qilayotganligini men tasodifan körib qoldim.
Ba’zida yaxşi ish joyini izlab biz tanişlarimizga murojaat qilamiz. Ular öz boşliqlari bilan gaplaşib, işga aynan sizni olişlariga kelişişlari mumkin. Korzinkada meni bunday tanişlarim yöq edi. Men umumiy talablar asosida keldim, heç kimning yordamisiz saralaşdan ötdim – va meni işga olişdi.
Esimda, suhbatga navbatda ötirganimda faqat bir narsa haqida öylardim: "Yoşim 36 da, meni olişarmikan?”. Oxirgi bir neça oy içida yoşim sababli köp joydan rad javobini oldim. Korzinkada suhbatdan ötayotganimda esa bu haqda heç kim oğiz oçmadi ham. Notaniş odamlar menga yaxşi munosabatda bölişgani menga yoqdi. Masalan, mendan qaysi bölimda işlaşni xohlaşimni söraşdi, har xil takliflar berişdi. Men pişloq-kolbasa bölimini tanladim, çunki bu mahsulotlarni yaxşi bilaman. Öşandan beri, mana 11 yildirki, Korzinkada işlab kelyapman.
Qiziqarli fakt
Korzinka xodimlarni işga qabul qilişda inson omili ta’sirini kamaytirişga muvaffaq böldi. Endi anketalarni qölda birma-bir töldiriş talab etilmaydi. Nomzodlar anketalarni ish.korzinka.uz saytida yoki korzinka_jbot telegram botida onlayn töldiradilar va belgilangan vaqtga suhbatga taklif etiladilar. Nomzodlarni körib çiqiş jarayoni tezlaştirildi, nomzodlarga sms yoki messenjer orqali xabar yuboriladi.
Korzinka ish tajribasiga ega bölmaganlarni işga qabul qiladi va karerada kötariliş imkoniyatlarini yaratadi.
Sergey, dökon boşqaruvçisi
Men Korzinkaga 2013 yil, riteyl sohasida tajribaga ega bölmay keldim. Özim Çinozdan bölaman. Bir kuni Toşkentga döstim bilan körişiş uçun keldim. Kun issiq edi, biz Korzinkaga suv olgani kirdik. Men Korzinkada men tengi yoş yigitlar işlayotganiga e’tibor qaratdim. Ular xaridorlarga mehr bilan xizmat körsatişardi va şu narsa meni öziga jalb qildi.
Öşa vaqtda men ish izlayotgan edim – tezroq özim pul işlab topiş ilinjida yurgandim. Öşa vaqtning özida kassirdan qanday qilib Korzinkaga işga kiriş mumkinligini söradim. Ertasiga uning maslahatiga asoslanib ofisni topib bordim, suhbatdan ötdim. Men Çinozdanligimni va baliq bilan işlay olişimni bilgandan söng, rekruter baliq bölimida ish taklif qildi.
Men özi şunaqa odamman – umuman işsiz ötira olmayman. Öz işimni yakunlab, boşqa bölimlarga yordamga borardim. Buni körgan rahbar menga boşqa qiziqarliroq va mas’uliyatliroq vazifalar bera boşladi.
2017 yil men birinçi supervayzer boşqaruvçilik lavozimimni qölga kiritdim, hozir esa men dökon boşqaruvçisiman. Bir vaqtning özida men OTMda ham tahsil olaman – universitetning 4-kursida öqiyapman. Şartnoma tölovini kompaniya tölab beradi, bu ham men uçun katta qulaylik. Öqişni tugatganimdan söng hududlar böyiça menejyer lavozimini egallamoqçiman. Korzinkada ösiş uçun barça şaroitlar mavjud, faqat bunga erişiş, avvalo, odamning öziga boğliq – agar siz maqsad tomon intilsangiz va öz ustingizda tinimsiz işlasangiz, albatta özingiz istagan darajaga yetasiz.
Qiziqarli fakt
70 foiz boşqaruvçilik örinlari kompaniya içki xodimlarini oldinga suriş orqali töldiriladi. Eng yoş dökon boşqaruvçisining yoşi – 24 yoşda.
Korzinka ovqat bilan ta’minlaydi.
Umid, boş kassir
Kompaniya hisobidan ovqatlaniş – bu ham qulay, ham mablağ iqtisodiga xizmat qiladi: har doim pul sarflaş va qayerda ovqatlanişni öylaşga töğri kelmaydi. Men Korzinkada 10 yildan buyon işlab kelaman, şu sababli boşqalar tuşlikka qança pul sarflaşlarini xayolimga ham keltira olmayman. Öylaşimça, oyiga 800 mingça çiqsa kerak.
Bu yerda bizni ovqat bilan töydirişadi, yana mazali va har xil taomlar bilan: oş, mastava, moşxörda, dimlama. Tuşlikda birinçi va ikkinçi taom beriladi. Ba’zida pişiriq ham beriladi: tortlar, göştli va mevali piroglar. Men hammasidan ham köproq oşni yaxşi köraman. Bayram kunlarida esa hamma xodimlar uçun katta dasturxon yoziladi.
Qiziqarli fakt
Birinçi smena uçun nonuşta va tuşlik, ikkinçi smena uçun keçki ovqat va tamaddi beriladi.
Korzinka ish haqini öz vaqtida tölaydi.
Aleksandr, kiçik sotuvçi
Men faqat oylikka yaşayman, şuning uçun ish haqini vaqtida olişim men uçun juda muhim. Hozirça oilam yöq, şu sababli kimningdir yordamiga umid qila olmayman.
Korzinkada oyning 5- yoki 6-sanasida ish haqi kartaga tuşişini hamma xodimlar bilişadi. Men xarajatlarimni bemalol rejalaştirişim mumkin va kimdan qarz söraşga boş qotirib ötirmayman. Xarajatlarim, köpçilik bilan soliştirganda, nisbatan kamroq. Çunki bizga dökonda ovqat berişadi, uygaça esa piyoda yetib olaman. Korzinkalarning köpligi juda yaxşi-da, uyingiz yaqinidagisiga işga joylaşişingiz mumkin.
Qiziqarli fakt
Sönggi 2 yil davomida Korzinka faol ösiş davrida. Har oy bir neça supermarketlar oçilmoqda, şu tariqa uyingiz yaqinidagi dökonga işga joylaşiş imkoniyati oşib bormoqda.
Korzinka OTM şartnomasini tölab beradi.
Mirvohid, supervayzer-stajyor
Korzinkaga işga kirgan vaqtimdan köp ötmay, içki yangiliklar portalimizda Korzinka xodimlariga şartnoma tölovini tölab berişi haqida öqib qoldim. Buning uçun bir yil davomida sidqidildan işlaşning özi kifoya. Yordam qaytarib olinmaydi va keyinçalik qöşimça işlab beriş talab qilinmaydi.
Hozir Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida, xalqaro jurnalistika fakultetida öqiyapman. Kontrakt tölovi yiliga 7 mln sömdan köproq va uning hammasini kompaniya tölab beradi.
Oliy ta’lim menga karera zinapoyasidan tezroq kötarilişim uçun kerak. Korzinkaga tez orada muloqot böyiça yanada köproq mutaxassislar kerak böladi deb hisoblayman, ana şunda şu sohadagi bilimlarim menga asqatadi.
Öqiş va işni birgalikda olib boriş qiyin emas: kompaniya ish jadvalini tuzişda talabalarga imkoniyat yaratadi. Darslarim keçki soat 6 dan 9 gaça davom etadi, şu sababli men ertalabki smenada işlayman.
Qiziqarli fakt
Korzinka nafaqat xodimlar, balki ularning yaqin qarindoşlari OTM şartnomalarini ham tölab beradi: turmuş örtoği, farzandlari, aka-uka, opa-singillari. Oxirgi yil içida uşbu imtiyozdan 400 dan ortiq xodimlar foydalandilar.
Korzinka şaffof ish şaroitlari bilan ta’minlaydi.
Saodat, sotuvçi
Menga Korzinkada şaroitlarning oçiq va tuşunarliligi yoqadi. Men qanday haq-huquqlarga egaligimni, yana qanday imtiyozlar va qöşimça tölovlar olişim mumkinligini yaxşi bilaman. Kompaniyada hamma qoidalar asosida işlaydi: har yili ta’til beriladi, kompensatsiya tölovlari ötkazilib beriladi, öz vaqtida hamma tölovlar amalga oşiriladi. Oldinlari men tikuvçi bölib işlaganman, ish haqini tez-tez uşlab qolişardi.
Rasmiy işda işlaganim uçun kredit ham olişim mumkin, nafaqa yoşiga yetganimda esa nafaqa olaman. Şuningdek, Korzinkada kasal bölganda yoki moddiy yordam kerak bölganda ham tölovlar amalga oşiriladi. Masalan, şoşilinç operatsiya talab etilganda, yoki yaqin insoningiz kasal bölib qolganda. Yana kompaniyada psixolog va medik ham bor, ularga istalgan vaqt murojaat qiliş mumkin.
Mening yana ikkita qöşimça tölovim bor: men universal xodimman, ya’ni faqat sotuvçi bölib emas, kassada navbat köpayib ketganda u yerda ham yordam beraman. Şu bilan birga men murabbiy hamman – jamoa yangi a’zolariga ish örgataman, bunga alohida bonus ötkaziladi.
Agar siz katta va ahil Korzinka jamoasi a’zosiga aylanmoqçi bölsangiz, t.me/korzinka_jbot Telegram botida böş ish örinlari bilan tanişib çiqing va anketani töldiring!