Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonlik harbiylarning O‘zbekiston harbiy OTMlarida o‘qishi tashkillashtiriladi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qirg‘izistonlik harbiy xizmatchilarning O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini tashkillashtirish borasida bitim imzolandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Mazkur bitim, 22 iyul kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Qirg‘iziston Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshlig‘i general-mayor Erlis Terdikbayev va O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xolmuhammedovlar tomonidan imzolangan.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona munosabatlar yanada kengaytirilishiga ishonch bildirildi.
Qirg‘iziston Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshlig‘i O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasiga qarashli korxona va Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodiga ham tashrif buyurgan.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
09:01 / 09.07.2026
Ayrim harbiylar uchun ijara puli 25 foizga oshadi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026