Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2021 yil 25 dekabr kuni Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida bergan topşiriqlarining ijrosini ta’minlaş, respublika aholisi va iqtisodiyoti tarmoqlarining yoqilği-energetika resurslariga bölgan talabini qondiriş maqsadida, “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boşçiligida neft va gaz geologiya-qidiruv işlarini jadallaştiriş maqsadida “Şörtan” koni ştabida sayyor yiğiliş ötkazildi.

Tadbirda “Özbekneftgaz” AJ, Davlat geologiya qömitasi, “Schlumberger” xorijiy kompaniyasi, “Özlitineftgaz” AJ, “Özbekgeofizika” AJ, “IGIRNIGM” davlat muassasasining hamda joylardagi burğilaş, qazib çiqariş boşqarmalarining rahbar va mutaxassislari, geologlar, geofiziklar, muhandislar iştirok etişdi.

Dastlab “Özbekneftgaz” AJ tomonidan 2022 yilning birinçi yarim yillikda bajarilgan neft va gaz geologiya-qidiruv işlari, zaxiralarni köpaytiriş, yangi maydonlarni burğilaşga kiritiş hamda ularning kelgusi istiqbolli yönalişlari, erişilgan natijalar, mavjud muammolar va ularning yeçimlariga doir takliflar batafsil muhokama qilindi.

2022 yilning ötgan davrida “Özbekneftgaz” AJ böyiça 920 kv.km atrofida 3D seysmik-qidiruv işlari bajarildi, “Çölliota”, “Yangi Alat”, “Manguberdi” va “Şarqiy Arslon” nomli yangi maydonlar burğilaşga kiritildi, şuningdek 59 ming metrdan ortiq burğilaş işlari olib borildi. Natijada 9,25 mln şartli yoqilği miqdordagi uglevodorod zaxiralari köpaytirilişiga erişildi.

Tadbirda 2022 yilda “Özbekneftgaz” AJ va Davlat geologiya qömitasi hamkorligida amalga oşirilayotgan neft va gaz geologiya-qidiruv işlari körib çiqildi.

Qömita va uning tarkibidagi taşkilotlar bilan birga Respublikada neft va gaz geologiya-qidiruv işlarini rivojlantirişning asosiy yönalişi sifatida Qoraqalpoğiston Republikasi hududi belgilab olinganligi, Ustyurt mintaqasida neft va gaz geologiya-qidiruv işlari böyiça yangi tadbirlarni loyihalaştiriş va ularni maqsadli amalga oşiriş, tabiiy gazning yangi konlarini oçiş va qöşimça zaxiralarini aniqlaş eng ustuvor vazifa ekanligi qayd etildi.

Soha mutaxassislariga Ustyurt hududida neft va gaz geologiya-qidiruv işlarini yanada jadallaştiriş uçun qöşimça – texnik quvvatlari yuqori burğilaş uskunalarini jalb qiliş, regiondagi 5000 metrgaça çuqurlikdagi katta istiqbollarni örganiş hamda uglevodorod xomaşyosi zaxiralarini keskin köpaytiriş böyiça aniq topşiriqlar berildi. Şuningdek Ustyurtda qöşimça hududlarni örganiş va yangi maydonlarni topiş, natijada respublika böyiça neft va gazga istiqbolli strukturalar defitsitini bartaraf etiş böyiça tanqidiy muhokamalar bölib ötdi.